Eron va Isroil o‘rtasidagi vaziyat keskinlashgani haqida nimalar ma’lum

© AP Photo / Iranian ArmyIranskie voyennie na poberejye Ormuzskogo proliva
Iranskie voyennie na poberejye Ormuzskogo proliva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
Obuna bo‘lish
Eron Livan hududiga zarba berish uchun foydalanilgan Ramat-David aviabazasiga hujum qilgan, Isroil ham javob qaytardi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Vaqtinchalik sulh davom etayotgan bir paytda Eron va Isroil bir-biriga zarba berdi.
Eron Qurolli kuchlari qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, Isroil Livanga hujum qilishni bas qilishi shart, aks holda “yanada qaqshatqich zarbalarga” ro‘baro bo‘ladi. “Hotam al-Anbiya” markaziy shtabi boshlig‘i Ali Abdullohiyning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar Isroilning mintaqadagi ittifoqchilariga ham berilishi mumkin.
“Eron Islom Respublikasi bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzilishiga va Livanga qarshi tajovuzkorlikka toqat qilmasligini bildirgan. Bugun kechqurun tajovuzkorlar o‘z javobini oldi. Bu javob – ularning yovuzliklarini bas qilishi zarurligi haqida ogohlantirish”, - deya yozdi X ijtimoiy tarmog‘ida Eron oliy rahbarining harbiy maslahatchisi Muhsin Rizoiy.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron Livan hududiga zarba berish uchun foydalanilgan Ramat-David aviabazasiga hujum qilgan.
Eron parlementi spikeri Muhammad Boqir Qolibofning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Bayrutni o‘qqa tutishi AQSh va Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilish niyati yo‘qligini anglatadi.
“Ular faqat kuch tilini tushunishlarini ko‘rsatishdi”, - deya yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Isroil Eron tomondan uchirilgan hamma raketalarni tutib olganini ma’lum qildi va javob zarbalarini yo‘lladi.
“Bugun tunda Tehron alanga olishi shart”, - deya ma’lum qildi Isroil milliy xavfsizlik vaziri Ben-Gvir.
OAV Eronning Tehron, Tabriz va Isfahon hududlarida portlash ro‘y bergani haqida yozmoqda.
AQSh prezidenti Donald Trapm Isroilga berilgan zarbalardan keyin muzokaralarga qaytish kerakligi va bu keskinlik Tehron va Vashington o‘rtasidagi ehtimoliy bitimni barbod qilmasligiga umid bildirdi.
Shuningdek, Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Tehron va Vashington tuziladigan har qanday bitimni qabul qilishga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
“Uning tanlovi bo‘lmaydi. Men qaror qabul qilaman. Men barcha qarorlarni qabul qilaman. U ularni qabul qilmaydi”, - dedi AQSh rahbari “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida.
Donald Tramp i Binyamin Netanyaxu (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Axios: Tramp Netanyaxuni “aqldan ozgan” deb atab, noshukurlikda aybladi
Yangiliklar lentasi
0