Qurilishga ruxsat olish soddalashtirilmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovZagraznyonniy vozdux
Zagraznyonniy vozdux - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
Davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olish jarayoni soddalashtiriladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan respublikaning barcha hududlarida mazkur farmonda nazarda tutilgan davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona davlat xizmati – arxitektura va shaharsozlik talabini berish tizimi joriy etiladi.
2026 yil 1-iyuldan obyektlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash “1 ta ariza – 1 to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida kompozit shaklda amalga oshiriladi.
Binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, quvvati va maqsadi o‘zgarmagan holda shaharsozlik normalariga zid bo‘lmagan loyihadagi rejaviy tuzilish (planirovka)da o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda bu bino loyihasini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda loyiha hujjatlarini hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyoti bekor qilinadi.
Qurilish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha 5 ish kuni beriladi.
2026 yil 1-sentabrdan qurilish obyektlarini nazorat qilishda videokuzatuv kameralaridan foydalanish hamda qurilishi yangidan boshlanadigan quyidagi obyektlarda videokuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish choralari ko‘riladi:
- tadbirkorlar tomonidan quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylar, III va IV toifadagi ijtimoiy soha, mehmonxona, turizm, savdo va sanoat obyektlarida;
- budjet hisobidan quriladigan qiymati 3 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarda.
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Toshkentda qurilish maydonlari kamera va ekologik datchiklar bilan nazorat qilinadi
Yangiliklar lentasi
0