Toshkentda qurilish maydonlari kamera va ekologik datchiklar bilan nazorat qilinadi

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Poytaxtdagi 1700 taga yaqin qurilish obyektiga ekologik va xavfsizlik talablari joriy etiladi: maydonlar kameralar va datchiklar bilan nazorat qilinadi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkentda qurilish obyektlari uchun ekologik va xavfsizlik talablari kuchaytirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shahar hokimining “Axborot, hisobot, muloqot” shaklidagi navbatdagi uchrashuvi qurilish obyektlaridan birida bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida qurilish maydonlarini yagona tartibda tashkil etish, chang va ifloslanishni kamaytirish hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan namunaviy loyiha taqdim etildi.
Yangi tartibga ko‘ra:
qurilish obyektlari tashqi tomondan maxsus to‘siqlar bilan o‘raladi;
har bir obyektda pasport o‘rnatilib, unda qurilish haqidagi zarur ma’lumotlar aks ettiriladi;
piyodalar xavfsizligi uchun himoya soyabonlari tashkil etiladi;
chang va havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida maydon perimetri bo‘ylab mikroiqlim tizimlari, suv purkagich va dozatorlar o‘rnatiladi;
qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilish uchun videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi va ular Qurilish nazorati inspeksiyasi tizimiga integratsiya qilinadi.
Qurilish texnikalarining shahar ko‘chalariga toza holda chiqishi ham alohida nazorat qilinadi.
Talablar qatorida ekologik datchiklar, tungi kuzatuv vositalari, artezian suv quduqlari, avtomobillarni yuvish maydonchalari va avtomatik elektr hisoblagichlarini joriy etish ham bor.
Tadbir davomida aholi va mutaxassislarning takliflari tinglandi. Shahar hokimi loyiha ochiq muhokama asosida takomillashtirilishini, konstruktiv takliflar inobatga olinib, zarur o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ta’kidladi.
Toshkent shahar Qurilish nazorati inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtdagi 1700 taga yaqin qurilish obyektiga mazkur talablarni joriy etish uchun muayan muddat beriladi.
Stroitelstvo zdaniy na territorii kompleksa Tashkent-siti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Qurilishda qat’iy nazorat: yangi talablar va taqiqlar e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0