Mirziyoyev Peterburgda Putin bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina
Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanshicha, savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi.
Sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
Prezidentlar tovar ayirboshlashdagi joriy sur’atlarni saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligini qayd etishdi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu kunlarda Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasining premyerasi bo‘lib o‘tgani hamda “Ermitaj” davlat muzeyida O‘zbekiston amaliy san’ati ko‘rgazmasi ochilgani qayd etildi.
Mirziyoyev va Putin bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.
O‘zbekiston rahbari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib turibdi. Mirziyoyev tashrif doirasida mamlakatda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, davlat rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Mirziyoyev va Putin ittifoqchilikni yanada mustahkamlashni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0