Mirziyoyev va Putin ittifoqchilikni yanada mustahkamlashni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
“Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, turli darajalardagi samarali aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faol rivojlanmoqda.
Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, yil boshidan buyon 23 foizga oshdi. Sanoat, energetika, transport va boshqa muhim sohalarda, shu jumladan, mintaqalar darajasida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mirziyoyev va Putin bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Glavi gosudarstv SNG pozdravili Shavkata Mirziyoyeva s pobedoy na prezidentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
AES qurilishi boshlanishi, Ukraina va Eron mojarosi: Mirziyoyev va Putin nimani muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0