TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Dunyodagi biron-bir integratsiya birlashmasining oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan tenglashishi dargumon. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk ma’lum qildi.Overchukning ta’kidlashicha, YeOII mamlakatlari don, go‘sht, parranda go‘shti, sut, o‘simlik moylari va tuxumlarga bo‘lgan oziq-ovqat ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.“2015 yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 10-yil ichida YeOII mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi real ko‘rinishda deyarli uchdan birga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning o‘zaro savdosi 2,7 baravar oshdi. Ittifoqdan eksport 2,5 baravar oshdi", - deya ta’kidladi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Ittifoqda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlash darajasi taxminan 94% ni tashkil qiladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Dunyodagi biron-bir integratsiya birlashmasining oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan tenglashishi dargumon. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk ma’lum qildi.
“Ittifoq haqida gapirganda, bugungi kunda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan o‘zimizni o‘zimiz ta’minlash darajasi 94% atrofida ekanligini tushunish muhimdir”, - dedi u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlayotib.
Overchukning ta’kidlashicha, YeOII mamlakatlari don, go‘sht, parranda go‘shti, sut, o‘simlik moylari va tuxumlarga bo‘lgan oziq-ovqat ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.
“2015 yildan 2025-yilgacha bo‘lgan 10-yil ichida YeOII mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi real ko‘rinishda deyarli uchdan birga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning o‘zaro savdosi 2,7 baravar oshdi. Ittifoqdan eksport 2,5 baravar oshdi", - deya ta’kidladi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.