TOShKENT, 3-may — Sputnik. Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha hujjat imzolanadi.Gap 2021-yilda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini qo‘llash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi protokol haqida bormoqda.YeIK sanoat va agrosanoat vaziri Goar Barseganning ma’lum qilishicha, memorandum qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda bozorlarini muvozanatli rivojlantirish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.YeIK va Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik bir necha yo‘nalishda amalga oshiriladi. Shuningdek, tomonlar kelgusida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun ikki tashkilotning mexanizmlari va vositalarini o‘rganadi.
Hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha axborot almashish, qo‘shma tadbirlar va agrar bozorlar prognozini tayyorlash orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha hujjat imzolanadi.
Gap 2021-yilda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini qo‘llash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi protokol haqida bormoqda.
YeIK sanoat va agrosanoat vaziri Goar Barseganning ma’lum qilishicha, memorandum qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda bozorlarini muvozanatli rivojlantirish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
YeIK va Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik bir necha yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Ular orasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborot almashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy bozorlari rivojlanishi bo‘yicha prognozlar tayyorlash va qo‘shma tadbirlarda ishtirok etish bor.
Shuningdek, tomonlar kelgusida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun ikki tashkilotning mexanizmlari va vositalarini o‘rganadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti — Islom hamkorlik tashkilotining ixtisoslashgan tuzilmalaridan biri bo‘lib, bosh qarorgohi Ostona shahrida joylashgan. Tashkilotga Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, BAA, Pokiston, Turkiya, Tojikiston va boshqa davlatlar a’zo.
Uning asosiy vazifasi a’zo mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, agrosanoat tizimlarini rivojlantirish va barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.