Yangi AES O‘zbekistonga nima beradi?
09:40 05.06.2026 (yangilandi: 11:08 05.06.2026)

© "Rosatom"
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida integratsiyalashgan AESning birinchi energiya blokini qurish ishlari boshlandi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. “O‘zatom” bosh direktori Azim AxmedxadjayevJizzax viloyatida qurilishi boshlangan atom elektr stansiyasi (AES) mamlakatga nima berishi haqidagi savolga javob berdi.
1. AES energetika tizimining barqarorligini ta’minlaydi va uzluksiz energiya talab qiladigan sohalarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Masalan, data-markazlar uchun AES eng yaxshi manbalardan biri bo‘lishi mumkin.
2. AES ilm-fanni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, sanoatni rivojlantirish uchun kuchli ta’lim bazasini yaratadi. Kelajakda O‘zbekiston o‘z tajribasidan foydalanishi va xizmatlarini eksport qilishi mumkin.
3. Biz kichik reaktorlarni o‘z ichiga olgan AES qurishda kompetensiyalar markaziga aylanmoqdamiz, ulkan tajriba orttirmoqdamiz va bu sohada jiddiy mutaxassislarga aylanmoqdamiz. Allaqachon turli mamlakatlar bunga qiziqish bildirmoqda.
4. AES qurish bilan birga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qurilish kompaniyalarimiz, sanoatimiz ham bu sohada jiddiy ishtirokchilarga aylanmoqda va kelajakda ma’lum imkoniyatlarga da’vo qilishi mumkin.

Eslatamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga start bergani xabar berilgan edi.