O‘zbekistondan Afg‘oniston orqali Pokistonga temir yo‘l loyihasi bo‘yicha ishlar boshlandi
O‘zbekistondan Afg‘oniston orqali Pokistonga temir yo‘l loyihasi bo‘yicha ishlar boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Shohrux G‘ulomov O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston temir yo‘li bo‘yicha amaliy ishlar, Janubiy Osiyo bilan savdo o‘sishi va Afg‘oniston bilan hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘lovchi transport loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Termiz muloqoti doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Gulamovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha bo‘yicha dala tadqiqotlari va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash ishlari boshlangan. Dastlabki hisob-kitoblarni joriy yil oxirigacha hukumatlarga taqdim etish rejalashtirilgan.Vazir o‘rinbosari loyihani Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport bog‘liqligini kuchaytirishda strategik ahamiyatga ega deb atadi.Mutasaddi O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan savdosi oshib borayotganini ham qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, mintaqa bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi yiliga 20–25 foizga o‘sib, 13 milliard dollardan oshgan.Jumladan, Afg‘oniston bilan tovar ayirboshlash 47,5 foizga oshib, 1,7 milliard dollarga yetgan. Qirg‘iziston bilan savdo 37 foizga, Tojikiston bilan 30 foizga, Hindiston bilan 33 foizga o‘sgan.Energetika sohasida Afg‘oniston elektr energiyasining qariyb 80 foizini O‘zbekistondan oladi. Shuningdek, qiymati 200 million dollardan ortiq bo‘lgan, kuchlanishi 500 kV “Surxon — Puli Xumri” elektr uzatish liniyasi loyihasi amalga oshirilmoqda.Geologiya va konchilik sohasida qo‘shma qidiruv ishlari va investorlarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligida esa o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida paxta, kartoshka, meva-sabzavotchilik loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shohrux G‘ulomov Pokiston portlarigacha temir yo‘l, Janubiy Osiyo bilan savdo o‘sishi va Afg‘oniston bilan energetika-konchilik hamkorligi haqida gapirdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘lovchi transport loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Termiz muloqoti doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri
Gulamovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha bo‘yicha dala tadqiqotlari va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash ishlari boshlangan. Dastlabki hisob-kitoblarni joriy yil oxirigacha hukumatlarga taqdim etish rejalashtirilgan.
Vazir o‘rinbosari loyihani Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport bog‘liqligini kuchaytirishda strategik ahamiyatga ega deb atadi.
Uning aytishicha, ushbu yo‘nalish kelgusida Qozog‘iston ishtiroki va Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li bilan bog‘langan kengroq mintaqaviy transport tarmog‘iga asos bo‘lishi mumkin.
Mutasaddi O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan savdosi oshib borayotganini ham qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, mintaqa bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi yiliga 20–25 foizga o‘sib, 13 milliard dollardan oshgan.
Jumladan, Afg‘oniston bilan tovar ayirboshlash 47,5 foizga oshib, 1,7 milliard dollarga yetgan. Qirg‘iziston bilan savdo 37 foizga, Tojikiston bilan 30 foizga, Hindiston bilan 33 foizga o‘sgan.
Gulamov Afg‘oniston bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida energetika, geologiya va konchilik, sanoat hamda qishloq xo‘jaligini tilga oldi.
Energetika sohasida Afg‘oniston elektr energiyasining qariyb 80 foizini O‘zbekistondan oladi. Shuningdek, qiymati 200 million dollardan ortiq bo‘lgan, kuchlanishi 500 kV “Surxon — Puli Xumri” elektr uzatish liniyasi loyihasi amalga oshirilmoqda.
Geologiya va konchilik sohasida qo‘shma qidiruv ishlari va investorlarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligida esa o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida paxta, kartoshka, meva-sabzavotchilik loyihalari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Trans-Afg‘oniston temir yo‘li bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash haqidagi uch tomonlama kelishuv 2025-yil iyulda imzolangan. Rasmiy xabarlarda marshrut “Termiz — Naybobod — Maydonshahr — Log‘ar — Xarlachi” yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatilgan.