https://oz.sputniknews.uz/20260604/tashkent-oqova-suvlar-qurilma-ishlab-chiqarish-58066721.html
Rossiya kompaniyasi Toshkentda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini ishlab chiqarmoqda
Rossiya kompaniyasi Toshkentda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini ishlab chiqarmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning ROS kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda tozalash inshootlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Kompaniya mahalliy kadrlarni o‘zi tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda.
2026-06-04T09:58+0500
2026-06-04T09:58+0500
2026-06-04T10:03+0500
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
samarqand
yangi ish o‘rinlari
jamiyat
suv
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38793488_0:0:1601:901_1920x0_80_0_0_29e3064bab17b2294081025ede43c22e.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkentda Rossiyaning ROS kompaniyalar guruhi oqova suvlarni tozalash inshootlari uchun qurilma va uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Eco Expo Central Asia ko‘rgazmasi doirasida kompaniya bosh muhandisi Denis Vitkovskiy Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab kompaniya O‘zbekistonda faqat vakolatxona ochish variantini ko‘rib chiqqan. Biroq logistika xarajatlari va yetkazib berish muddatlari tahlil qilingach, boshqa qaror qabul qilingan — mamlakat hududida mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish.Vitkovskiyning ta’kidlashicha, bunday yondashuv mahsulotni buyurtmachilarga tezroq yetkazish, xarajatlarni kamaytirish va O‘zbekiston bozori talablariga moslashish imkonini beradi.Kompaniya Toshkentdagi ishlab chiqarish jarayonida mahalliy mutaxassislarni jalb qilishga ham e’tibor qaratmoqda. Hozir korxonada 20 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.Vitkovskiyning aytishicha, tor ixtisoslikdagi muhandislar yetishmasligi nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiyada ham dolzarb muammo hisoblanadi. Shu sababli kompaniya yangi xodimlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari, amaliyot va imtihonlar tashkil qilmoqda.Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga sertifikat beriladi. Kompaniya bu orqali kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish va o‘z mutaxassislarini tayyorlashni maqsad qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250929/bozsuv-kanalizatsiya-suvlar-jinoyat-ish-52346599.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38793488_128:0:1461:1000_1920x0_80_0_0_dacf3f60460114c6f334db6997edf913.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, ko‘rgazma, samarqand, yangi ish o‘rinlari, jamiyat, suv, rossiya
o‘zbekiston, toshkent, ko‘rgazma, samarqand, yangi ish o‘rinlari, jamiyat, suv, rossiya
Rossiya kompaniyasi Toshkentda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini ishlab chiqarmoqda
09:58 04.06.2026 (yangilandi: 10:03 04.06.2026) ROS O‘zbekiston bozoriga faqat vakolatxona orqali kirishni rejalashtirgan, ammo xarajat va yetkazib berish muddatlari sabab ishlab chiqarish ochmoqda.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkentda Rossiyaning ROS kompaniyalar guruhi oqova suvlarni tozalash inshootlari uchun qurilma va uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Eco Expo Central Asia ko‘rgazmasi doirasida kompaniya bosh muhandisi Denis Vitkovskiy
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab kompaniya O‘zbekistonda faqat vakolatxona ochish variantini ko‘rib chiqqan. Biroq logistika xarajatlari va yetkazib berish muddatlari tahlil qilingach, boshqa qaror qabul qilingan — mamlakat hududida mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish.
Vitkovskiyning ta’kidlashicha, bunday yondashuv mahsulotni buyurtmachilarga tezroq yetkazish, xarajatlarni kamaytirish va O‘zbekiston bozori talablariga moslashish imkonini beradi.
ROS — "Rossiyskie ochistnie soorujeniya" kompaniyalar guruhi bo‘lib, uning tarkibiga "Akvalos" va "Akvasip" kompaniyalari ham kiradi. Guruh bir nechta zavodga ega va qator mamlakatlarda o‘z vakolatxonalarini ochgan.
Kompaniya Toshkentdagi ishlab chiqarish jarayonida mahalliy mutaxassislarni jalb qilishga ham e’tibor qaratmoqda. Hozir korxonada 20 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.
Vitkovskiyning aytishicha, tor ixtisoslikdagi muhandislar yetishmasligi nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiyada ham dolzarb muammo hisoblanadi. Shu sababli kompaniya yangi xodimlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari, amaliyot va imtihonlar tashkil qilmoqda.
Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga sertifikat beriladi. Kompaniya bu orqali kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish va o‘z mutaxassislarini tayyorlashni maqsad qilgan.