Toshkentda “Eng yaxshi fotosurat” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tanlovga 23 nafar muallifning 164 ta fotoasari qabul qilindi, ishlar kompozitsiya, badiiy yechim va texnik mahorat bo‘yicha baholandi.
Toshkent Fotosuratlar uyida “Eng yaxshi fotosurat” respublika ijodiy tanlovi yakunlariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tanlov g‘oliblari ham taqdirlandi.
Loyiha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan Vazirlar mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Tanlovning asosiy maqsadi foto san’ati orqali milliy qadriyatlar, bayram madaniyati, tinchlik va totuvlik muhiti hamda oilaviy an’analarni targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Loyihada respublikaning barcha hududlaridan professional fotosuratchilar va yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati ko‘rib chiqishi uchun 23 nafar muallif tomonidan taqdim etilgan 164 ta fotoasar qabul qilindi.
Ekspertlar ishlarga mavzuning ochib berilishi, kompozitsiya, badiiy yechim va texnik mahorat mezonlari asosida baho berdi.
Tanlov hay’ati raisi, fotorassom Rustam Sharipov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida loyiha milliy fotografiya rivoji uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, u kelgusida bunday tanlovlarning axborot qamrovi va targ‘ibotini kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi.
“Tanlov juda qisqa muddatda e’lon qilingani sababli ko‘plab fotograflar undan bexabar qoldi. Afsuski, tanlov haqidagi anonslar keng jamoatchilikka yetarli darajada yetkazilmadi”, — dedi Sharipov.
Uning fikricha, davlat miqyosidagi ahamiyatli tadbir sifatida bunday tanlovning targ‘iboti ham shunga munosib darajada bo‘lishi kerak.
“Bunday tanlov nafaqat ko‘rgazma sifatida, balki mahorat maktabi vazifasini ham bajarishi zarur. U milliy fotografiyamiz rivojiga xizmat qilib, ijodkorlarni yuqori kasbiy mezonlarga intilishga undashi kerak”, — ta’kidladi fotorassom.
Sharipovning aytishicha, bugungi kunda suratga olish imkoniyatlari kengaygan bo‘lsa-da, badiiy yondashuv va professional mahoratni rivojlantirishga ehtiyoj saqlanib qolmoqda.
Rustam Sharipov tanlov mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgani uchun uning geografiyasi va janrlar qamrovi ham keng bo‘lishi muhimligini qayd etdi.
“Eng yaxshi fotosurat” tanlovi mamlakat miqyosida o‘tkazilar ekan, uning geografiyasi va janrlar qamrovi ham keng bo‘lishi kerak. Turli yo‘nalishlarni qamrab oladigan qo‘shimcha nominatsiyalar joriy etilishi ishtirokchilar soni va ijodiy raqobatni oshirishga xizmat qiladi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbuslardan imkoni qadar ko‘proq ijodkorlar manfaatdor bo‘lishi lozim.
“Albatta, ko‘p jihatlar moliyaviy imkoniyatlarga bog‘liqligini tushunamiz. Biroq O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi arafasida davlat tashkilotlari, nashriyotlar va ommaviy axborot vositalari uchun yuqori sifatli, mazmunli va ta’sirchan fotosuratlarga ehtiyoj yanada ortadi”, — ta’kidladi Sharipov.
Fotorassomning fikricha, tanlov va ko‘rgazmalar faqat ishtirokchilar uchun emas, balki keng jamoatchilik uchun ham qiziqarli bo‘lishi kerak.
“Eng muhimi — tomoshabin. Fotografiya san’atining haqiqiy bahosi uni ko‘radigan va his etadigan keng jamoatchilik orqali namoyon bo‘ladi”, — dedi tanlov hay’ati raisi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan fotoasarlarda milliy bayramlarning rang-barangligi, avlodlar davomiyligi, xalqning boy an’analari hamda zamonaviy O‘zbekistonning tinch va bunyodkor hayoti aks etdi.
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, tanlov g‘oliblari quyidagicha aniqlandi:
I o‘rin — Zafar Ro‘ziqulov,
II o‘rin — Vladimir Goncharenko,
III o‘rin — Maxsetbay Habibullayev.
“Eng yosh fotograf” nominatsiyasi g‘olibi Mariya Malinovskaya bo‘ldi. U sho‘’ba nomidan tabriklanib, munosib taqdirlandi. Uning ustozi — Husniddin Ato.
Tashkilotchilarga ko‘ra, mazkur tanlov va fotoko‘rgazma foto san’atini rivojlantirish, iqtidorli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, milliy madaniy meros va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Tanlov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi hamda Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tanlov hay’ati raisi, fotorassom Rustam Sharipov

Tanlov hay’ati raisi, fotorassom Rustam Sharipov - Sputnik O‘zbekiston
1/19

Tanlov hay’ati raisi, fotorassom Rustam Sharipov

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
2/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
3/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
4/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
5/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
6/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchisi Nazira Boymurodova

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchisi Nazira Boymurodova - Sputnik O‘zbekiston
7/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchisi Nazira Boymurodova

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
8/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
9/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
10/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
11/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
12/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchisi Ilona Pokrovskaya

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchisi Ilona Pokrovskaya - Sputnik O‘zbekiston
13/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchisi Ilona Pokrovskaya

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ustoz va shogird

Ustoz va shogird - Sputnik O‘zbekiston
14/19

Ustoz va shogird

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi afishasi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi afishasi - Sputnik O‘zbekiston
15/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi afishasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
16/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
17/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi - Sputnik O‘zbekiston
18/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchilari

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchilari - Sputnik O‘zbekiston
19/19

"Eng yaxshi fotosurat" respublika tanlovi qatnashchilari

Yangiliklar lentasi
0