JChda Rossiya TIV O‘zbekstonga muxlislik qiladi — Zaxarova

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz, kuzatamiz, sport ruhida muxlislik qilamiz, chunki O‘zbekiston biz uchun qardosh va do‘st mamlakat, dedi Rossiya TIV vakili.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya TIV O‘zbekiston terma jamoasi JChga chiqqanidan xursand va albatta ularni qo‘llab-quvvatlaydi, dedi vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Sputnik muxbirining savoliga javoban.

"O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadigan MDHdan yagona jamoa bo‘ldi, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mundialda O‘zbekistonga muxlislik qiladimi?, - deya savol berdi Sputnik muxbiri.
"Butun qalbimiz bilan muxlislik qilsak bo‘lsak bo‘ladimi? Nazarimda, bu buyuk sport yutug‘i uchun chin dildan, samimiy quvonch hissi bilan qo‘llab-quvvatlagimiz kelyapti. Albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz, kuzatamiz, sport ruhida muxlislik qilamiz. Chunki O‘zbekiston biz uchun qardosh va do‘st mamlakat", - dedi Rossiya TIV vakili.
Shuningdek, Zaxarova bugun Sankt-Peterburgda O‘zbekiston va Rossiya orasida muloqotlar bo‘lib o‘tishi va energetikaga oid qiziqarli loyihalar borligi haqida gapirdi.
Yangiliklar lentasi
0