https://oz.sputniknews.uz/20260603/ukraine-aholi-terror-usullar-oldirish-58060409.html
Avtobusga hujum: Zaxarova Ukraina odamlarni terroristik usullar bilan o‘ldirayotganini aytdi
Avtobusga hujum: Zaxarova Ukraina odamlarni terroristik usullar bilan o‘ldirayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
DXRning Yenakiyevo shahrida reys avtobusiga dron hujumi qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 8 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arb Kiyev harakatlari haqida indamasligini aytdi.
2026-06-03T17:15+0500
2026-06-03T17:15+0500
2026-06-03T17:15+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
mariya zaxarova
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya tiv
tergov
halok bo‘ldi
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/03/58058666_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_11bd890332489a34774409353faeee36.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina Qurolli kuchlarining DXRda yo‘lovchi avtobusiga qilgan hujumini “odamlarni ovlash” deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb bunday holatlar haqida indamay kelmoqda.Uning ta’kidlashicha, Kiyev rejimi muntazam ravishda teraktlar sodir etmoqda va xalqaro hamjamiyat bunday harakatlarni qoralashi kerak.Zaxarova BBC jurnalisti Stiv Rozenbergning 2026-yilgi PXIFga kelgani, biroq Starobelskda Ukraina Qurolli kuchlari hujumi oqibatida vayron bo‘lgan kollejni borib ko‘rishdan bosh tortganini ham tanqid qildi. Uning aytishicha, BBC vakillari LXRga bormaslikni “siyosiy pozitsiya” bilan izohlagan. Zaxarova bunday yondashuvni “vijdonsizlik” va “mutlaqo surbetlik va orsizlik” deb atadi.Avvalroq Zaxarova ushbu hujumga munosabat, Kiyevni tinch aholidan qasos olishda ayblagan edi.Chorshanba kuni ertalab DXR rahbari Denis Pushilin Ukraina droni Yenakiyevoda yo‘lovchi avtobusiga hujum qilganini ma’lum qilgan edi. Dastlab avtobus Moskva — Simferopol yo‘nalishida harakatlangani aytilgan, keyingi ma’lumotlarda esa u Podolskdan Simferopolga ketayotgani aniqlashtirildi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetgan. Yana 11 kishi jarohatlangan. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yordamchisi Aleksey Kuznetsovning ma’lum qilishicha, 10 kishi, jumladan, bir bola shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan terakt moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260602/kyiv-starobelsk-hujum-58027144.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/03/58058666_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_0d446d0fd408ddf08b96d5eb4ec91961.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mariya zaxarova, dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya tiv, tergov, halok bo‘ldi, donesk xalq respublikasi (dxr)
mariya zaxarova, dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya tiv, tergov, halok bo‘ldi, donesk xalq respublikasi (dxr)
Avtobusga hujum: Zaxarova Ukraina odamlarni terroristik usullar bilan o‘ldirayotganini aytdi
Mariya Zaxarova DXRda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusga Kiyev uyushtirgan hujumni “odamlarni ovlash” deb atadi. U G‘arb Kiyev harakatlari haqida indamasligini ta’kidladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina Qurolli kuchlarining DXRda yo‘lovchi avtobusiga qilgan hujumini “odamlarni ovlash” deb atadi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
“Odamlarni ovlash. O‘z odamlarini zo‘rlik bilan safarbar qilishadi, biznikilarni esa terroristik usullar bilan o‘ldirishadi”, — dedi u bergan izohida.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb bunday holatlar haqida indamay kelmoqda.
“Ha, ular jim turishadi. Ular bu haqda gapirishmaydi. Ular Kiyev rejimining jinoiy va axloqsiz harakatlarini ko‘rsatadigan hech narsa qilmaydi”, — dedi u “Izvestiya”ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, Kiyev rejimi muntazam ravishda teraktlar sodir etmoqda va xalqaro hamjamiyat bunday harakatlarni qoralashi kerak.
Zaxarova BBC jurnalisti Stiv Rozenbergning 2026-yilgi PXIFga kelgani, biroq Starobelskda Ukraina Qurolli kuchlari hujumi oqibatida vayron bo‘lgan kollejni borib ko‘rishdan bosh tortganini ham tanqid qildi. Uning aytishicha, BBC vakillari LXRga bormaslikni “siyosiy pozitsiya” bilan izohlagan. Zaxarova bunday yondashuvni “vijdonsizlik” va “mutlaqo surbetlik va orsizlik” deb atadi.
Avvalroq Zaxarova ushbu hujumga munosabat, Kiyevni tinch aholidan qasos olishda ayblagan edi.
“Jang maydonida mag‘lubiyatga uchrayotgan Kiyev rejimi himoyasiz tinch aholidan alamini olishga intilmoqda”, — deyiladi TIV saytida e’lon qilingan bayonotda.
Chorshanba kuni ertalab DXR rahbari Denis Pushilin Ukraina droni Yenakiyevoda yo‘lovchi avtobusiga hujum qilganini ma’lum qilgan edi. Dastlab avtobus Moskva — Simferopol yo‘nalishida harakatlangani aytilgan, keyingi ma’lumotlarda esa u Podolskdan Simferopolga ketayotgani aniqlashtirildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetgan. Yana 11 kishi jarohatlangan. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yordamchisi Aleksey Kuznetsovning ma’lum qilishicha, 10 kishi, jumladan, bir bola shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan terakt moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.