https://oz.sputniknews.uz/20251202/qurilish-talablar-taqiqlar-53863627.html
Qurilishda qat’iy nazorat: yangi talablar va taqiqlar e’lon qilindi
Qurilishda qat’iy nazorat: yangi talablar va taqiqlar e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yildan qurilishda instrumental-texnik tekshiruv faqat ijobiy xulosa bilan qabul qilinadi, qavat qo‘shish taqiqlanadi, noqonuniy qurilishlarga qarshi nazorat kuchaytiriladi. Farmon inshootlar seysmik xavfsizligini oshirishga qaratilgan.
2025-12-02T10:28+0500
2025-12-02T10:28+0500
2025-12-02T10:28+0500
o‘zbekiston
jamiyat
zilzila
xavfsizlik
ekspertiza
yangi qonun
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37420122_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_54e47708aedf134ad2ecb3dd52b44b27.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonda bino va inshootlar qurilishida instrumental-texnik tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy tarzda berish amaliyoti bekor qilinib, endilikda faqat ijobiy xulosa olingan taqdirdagina ko‘p kvartirali uy-joylardan foydalanishga ruxsat beriladi. Bu chora-tadbirlar prezident tomonidan imzolangan farmonda belgilangan.Shuningdek, farmonga ko‘ra, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazoratini kuchaytirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.2026 yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan qo‘shimcha tartiblar:
https://oz.sputniknews.uz/20251118/zilzilabardoshlik-tartib-yangilanish-53555252.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37420122_435:177:2929:2048_1920x0_80_0_0_81eb6fd06f9a206e3bea4054e15f12e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish, instrumental-texnik tekshiruv, ijobiy xulosa, noqonuniy qurilish, seysmik xavfsizlik, zilzilabardoshlik, ekspertiza, shaffof qurilish, loyiha hujjatlari, qavat qo‘shish taqiqlandi, prezident farmoni, qurilish nazorati, uy-joy qurilishi, arxitektura, shaharsozlik, reyting tizimi, 2026-yil tartiblari
qurilish, instrumental-texnik tekshiruv, ijobiy xulosa, noqonuniy qurilish, seysmik xavfsizlik, zilzilabardoshlik, ekspertiza, shaffof qurilish, loyiha hujjatlari, qavat qo‘shish taqiqlandi, prezident farmoni, qurilish nazorati, uy-joy qurilishi, arxitektura, shaharsozlik, reyting tizimi, 2026-yil tartiblari
Qurilishda qat’iy nazorat: yangi talablar va taqiqlar e’lon qilindi
Farmon bilan instrumental-texnik tekshiruv talablari qat’iylashtirildi, noqonuniy qurilishlarni oldini olish kuchaytirildi va inshootlar seysmik xavfsizligi bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonda bino va inshootlar qurilishida instrumental-texnik tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy tarzda berish amaliyoti bekor qilinib, endilikda faqat ijobiy xulosa olingan taqdirdagina ko‘p kvartirali uy-joylardan foydalanishga ruxsat beriladi. Bu chora-tadbirlar prezident tomonidan imzolangan
farmonda belgilangan.
Shuningdek, farmonga ko‘ra, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazoratini kuchaytirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
2026 yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
ikki va undan yuqori qavatli barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ularning reytingini yuritish;
“Shaffof qurilish” MATda instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida bino va inshootlarning texnik holati monitoringini yuritish.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan qo‘shimcha tartiblar:
Milliy normativ hujjatlarga mos kelmaydigan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish faqat “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
Obyektlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy va loyiha hujjatlarining smeta qismidan tashqari ekspertiza xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyoti bekor qilinadi;
Zilzilabardoshlik bo‘yicha berilgan salbiy xulosalar loyiha tashkilotining “Shaffof qurilish” MATdagi reyting ballarini kamaytirishga asos bo‘ladi;
Qurilishi boshlangan ko‘p kvartirali uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish maqsadida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, arxitektura-shaharsozlik kengashlarida ko‘rib chiqish, ekspertizadan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari narxlari har yil uchun alohida belgilab boriladi.