Mirziyoyev va Putin AES qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (Arxivnoe foto)
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev  (Arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident 4–5 iyun kunlari Sankt-Peterburgdagi xalqaro forumda nutq so‘zlaydi, Putin bilan muzokara o‘tkazadi va AES qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4–5 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifning asosiy voqealaridan biri 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining (PXIF) yalpi yig‘ilishi bo‘ladi. Mirziyoyev “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida o‘tadigan yig‘ilishda nutq so‘zlaydi.
Davlat rahbari jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, O‘zbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari va mamlakatni rivojlantirishning bugungi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr bildiradi.

PXIF 3–6 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Forum dasturida jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar, moliya tizimi kelajagi, savdo, texnologik hamkorlik va biznesning xalqaro taraqqiyotdagi roli kabi mavzular muhokama qilinadi.

Tashrif dasturida Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik, avvalo iqtisodiyot, energetika, sanoat va investitsiya yo‘nalishlaridagi qo‘shma loyihalarga e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Shuningdek, ikki davlat yetakchisi O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2026
Barcha tahdidlarga qaramasdan Moskvaga kelganingiz uchun rahmat — Putin
Yangiliklar lentasi
0