Barcha tahdidlarga qaramasdan Moskvaga kelganingiz uchun rahmat — Putin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2026
Obuna bo‘lish
Men bu yerga nevaralarim, farzandlarim va yosh avlodga bobolari qahramon bo‘lganini aytish uchun keldim — Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Davlat rahbarlari bir-birlarini G‘alabaning 81-yilligi munosabati bilan samimiy qutladilar.

Rossiya prezidenti ushbu buyuk bayram arafasida Shavkat Mirziyoyevni ko‘rib turganidan juda xursand ekanini va O‘zbekiston prezidenti barcha tashqi signallar va tahdidlarga qaramay, umumiy bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun Moskvaga kelganidan minnatdor ekanini ta’kidladi.

Bizning bugungi uchrashuvimiz, umumiy bayram tadbirlarida ishtirok etishimiz bu - alohida munosabatlar belgisi ekanini yaxshi tushunamiz. Bu shunchaki do‘stlik emas, balki birodarona hamkorlik munosabatlaridir. , - dedi Putin.


Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekiston sezilarli va ta’sirchan sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi va O‘zbekistonda Ulug‘ Vatan urushi xotirasini saqlab qolishga munosib e’tibor berilayotganini alohida qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Ulug‘ Vatan urushida erishilgan G‘alaba Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining umumiy G‘alabasi ekanini ta’kidlab, ushbu tarixni yoshlarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Albatta, bu G‘alaba bizning umumiy tariximiz, bu bizning umumiy G‘alabamiz, biz buni hech qachon unutmasligimiz kerak va bizda bor bo‘lgan hamma narsani yoshlarga etkazish kerak. Bu G‘alaba yoshlarni tarbiyalashda juda muhim rol o‘ynaydi. Men bu yerga nevaralarim, farzandlarim va yosh avlodga bobolari qahramon bo‘lganini aytish uchun keldim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Moskvaga kelishidan oldin urush faxriylari bilan uchrashganini va ular Rossiya prezidentiga o‘z salomlarini yo‘llaganini aytib o‘tdi.
O‘zbaro iqtisodiy munosabatlarda to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama aloqaar jadal rivojlanayotganini qayd etdi. Xususan, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Innoprom ko‘rgazmasiga Rossiyadan 500 ta kompaniya tashrif buyurganini va birinchi chorakda o‘zaro savdo aylanmasi 33 foizga oshganini aytib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0