O‘zbekistonlik “MDHning eng yaxshi talabasi” tanlovida g‘olib bo‘ldi

© IA "Dunyo"Urojenes Uzbekistana stal luchshim studentom SNG
Urojenes Uzbekistana stal luchshim studentom SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Erkinboy Mamanazarov 2 mingdan ortiq talaba qatnashgan xalqaro tanlovda I darajali diplom bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Andijon viloyatida tug‘ilgan Erkinboy Mamanazarov “MDHning eng yaxshi talabasi” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
U Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (RDPU) Sharqshunoslik instituti magistranti hisoblanadi. Mamanazarov tanlov yakunlariga ko‘ra I darajali diplomga sazovor bo‘ldi.
Tanlovda MDH mamlakatlaridan 2 mingdan ortiq talaba ishtirok etgan. Taqdirlash marosimi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi Vazirliklar uyida bo‘lib o‘tdi.
Mukofot unga o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy faoliyati, jamoat ishlaridagi ishtiroki va MDH mamlakatlari yoshlar siyosati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun berilgan.
Erkinboy Mamanazarov lingvistika, sharqshunoslik va sharq tillarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Shuningdek, u ilmiy maqolalar va ta’lim materiallari muallifi hisoblanadi.
U RDPU qoshidagi O‘zbek madaniy markazi loyihalarini ham muvofiqlashtiradi. Mamanazarov ushbu markaz orqali talabalar tashabbuslari va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda ishtirok etib kelmoqda.
RDPU ma’lumotiga ko‘ra, “MDHning eng yaxshi talabasi” tanlovi Ostonada o‘tkaziladigan yillik xalqaro loyiha bo‘lib, unda talabalar ilm-fan, jamoatchilik faolligi, konferensiya va olimpiadalardagi yutuqlari bo‘yicha baholanadi
Shkolniki iz Uzbekistana zavoyevali 11 medaley na Mendeleyevskoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2026
Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekistonning 11 ishtirokchisining barchasi medal oldi
Yangiliklar lentasi
0