Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekistonning 11 ishtirokchisining barchasi medal oldi

© Orgkomitet Mendeleyevskoy olimpiadiShkolniki iz Uzbekistana zavoyevali 11 medaley na Mendeleyevskoy olimpiade
Shkolniki iz Uzbekistana zavoyevali 11 medaley na Mendeleyevskoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 60-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada eng ko‘p oltin medal Rossiya va Xitoy jamoalari hisobiga to‘g‘ri keldi
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi 60-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 5 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, musobaqaga yo‘l olgan 11 nafar ishtirokchining barchasi sovrindor bo‘ldi.
Fan olimpiadalari markazi ma’lumotiga ko‘ra, kumush medal sohiblari:
— Toymurodova Rayxona — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Orifova Xulkar — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Mustafoyev Jasur — Navoiy shahridagi 11-maktab;
— Uskanboyeva Rayxona — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Ashirbekov Yokub — Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.
Bronza medal sohiblari:
— Abdulmahmudova Shodiyona — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Xomidjonov Mirjalol — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Erkinov Firdavs — Navoiy shahridagi 11-maktab;
— Saidova Fotima — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Eshgashboyeva Zulayho — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
— Odilbekov Shohruh — Urganch davlat universiteti huzuridagi akademik litsey.

60-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 2026-yil 15–23 aprel kunlari Moskvada, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida o‘tkazildi. Olimpiadada 37 mamlakatdan 200 ta maktab o‘quvchilari qatnashdi.

Bu maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi eng nufuzli kimyo musobaqalaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yili Braziliyada o‘tgan 59-olimpiadada O‘zbekiston jamoasi 7 ta medal olgan edi. 2026-yilgi natija esa jamoa hisobidagi o‘sishni ko‘rsatdi.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bunday musobaqada kumush medal uchun 8 BHM, bronza medal uchun 6 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Amaldagi BHM 412 ming so‘m bo‘lgani uchun har bir kumush medal sohibiga 3 million 296 ming so‘m, har bir bronza medal sohibiga 2 million 472 ming so‘m to‘lanishi kerak.
V 2025 godu shkolniki Uzbekistana zavoyevali 210 medaley na mejdunarodnix olimpiadax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2026
2025 yilda O‘zbekiston o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda 210ta medalni qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0