https://oz.sputniknews.uz/20260602/mirziyoev-kimyo-sanoat-import-tanqid-58036885.html
Mirziyoyev kimyo sanoatida import 4,5 mlrd dollarga yetganini tanqid qildi
Mirziyoyev kimyo sanoatida import 4,5 mlrd dollarga yetganini tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida ichki talabning 60 foizi ham mahalliy mahsulotlar bilan qoplanmayotganini tanqid qildi. Sohaga yangi loyihalar va chuqur qayta ishlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
2026-06-02T15:21+0500
2026-06-02T15:21+0500
2026-06-02T15:27+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
otm
"navoiyazot" aj
o‘zkimosanoat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/02/58036268_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_2bb8675442107dcf39357388ee3a3e92.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda so‘nggi yillarda sohaga 8,3 milliard dollarlik investitsiya kiritilgani, 87 ta yirik quvvat ishga tushirilgani ta’kidlandi.Shu bilan birga, prezident kimyo sanoatidagi o‘sish respublika sanoatidagi umumiy o‘sishdan ortda qolayotganini tanqid qildi. So‘nggi to‘qqiz yilda sanoat o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimoda bu ko‘rsatkich 3 foizga ham yetmagan.Kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan kimoviy mahsulotlar ichki talabning 60 foizini ham qoplamayapti.Shuningdek, uch yilda 2,8 milliard dollarlik 42 ta loyihani ishga tushirish vazifasi belgilandi. Bu orqali 2030-yilga borib azotli, fosforli va suvda eruvchan o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260311/kimyo-sanoat-investitsiya-eksport-rejalar-56222813.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/02/58036268_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_0e036b986abdd47b6c722d466686a70a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, otm, "navoiyazot" aj, o‘zkimosanoat
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, otm, "navoiyazot" aj, o‘zkimosanoat
Mirziyoyev kimyo sanoatida import 4,5 mlrd dollarga yetganini tanqid qildi
15:21 02.06.2026 (yangilandi: 15:27 02.06.2026) Sohada ichki talabning 60 foizi ham mahalliy mahsulotlar bilan qoplanmayapti
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda so‘nggi yillarda sohaga 8,3 milliard dollarlik investitsiya kiritilgani, 87 ta yirik quvvat ishga tushirilgani ta’kidlandi.
Shu davrda PVX, “yashil” vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plonka kabi 60 tadan ortiq yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Sohada eksport 3 karra o‘sgan, ishchilar soni 50 mingdan oshgan.
Shu bilan birga, prezident kimyo sanoatidagi o‘sish respublika sanoatidagi umumiy o‘sishdan ortda qolayotganini tanqid qildi. So‘nggi to‘qqiz yilda sanoat o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimoda bu ko‘rsatkich 3 foizga ham yetmagan.
Kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan kimoviy mahsulotlar ichki talabning 60 foizini ham qoplamayapti.
Yig‘ilishda “Navoiyzot” yonidagi klasterda 1 milliard dollarlik 10 ta kam tonnali kimyo loyihasini boshlash topshirildi.
Shuningdek, uch yilda 2,8 milliard dollarlik 42 ta loyihani ishga tushirish vazifasi belgilandi. Bu orqali 2030-yilga borib azotli, fosforli va suvda eruvchan o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish rejalashtirilgan.