Afg‘oniston fermerlariga O‘zbekistondan urug‘liklar beg‘araz yetkazildi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaUzbekistan otpravil selskoxozaystvennie semena v Afganistan
Uzbekistan otpravil selskoxozaystvennie semena v Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga 20 tonna chigit, 20 tonna sholi hamda sabzavot va poliz ekinlari urug‘larini beg‘araz yetkazdi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini beg‘araz yordam sifatida yetkazib berdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Urug‘liklar vazirlik huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan topshirildi.
Afg‘oniston tomoniga ob-havo sharoitlariga chidamli va sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi urug‘liklari yetkazilgan. Jumladan:
● 20 tonna chigit;
● 20 tonna sholi;
● 500 kilogramm sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari topshirildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu amaliy yordam Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi bandligini oshirish va agrar sohada innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi agrar hamkorlik mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotga qaratilgan.
Uzbekistan napravil v Afganistan okolo 390 tonn gumanitarnoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
O‘zbekistondan Afg‘onistonga qariyb 390 tonna gumanitar yuk yetkazildi
Yangiliklar lentasi
0