O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 oldidan va turnirdagi o‘yinlari taqvimi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston JCh-2026 oldidan Kanada va Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi, guruhda esa Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR bilan bahslashadi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 oldidan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, so‘ng guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.
FIFA ma’lumotiga ko‘ra, chempionat 11-iyundan 19-iyulgacha Kanada, Meksika va AQShda o‘tkaziladi. Bu musobaqa tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tadi, turnir davomida 104 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Turnirga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston avval Kanada va Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Toshkent vaqti bilan 2-iyun soat 06:00 da Kanadaga, 8-iyun soat 23:45 da esa Niderlandiyaga qarshi bahs rejalashtirilgan.
Jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston K guruhidan joy olgan. Terma jamoa 18-iyun kuni Kolumbiya, 23-iyun kuni Portugaliya, 28-iyun kuni esa Kongo DR bilan o‘ynaydi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0