O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi ochildi
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlandi. Tadbirda “Bolalar nigohidagi olam” maxsus pochta markalari ham taqdim etildi.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalik sayyorasi” bolalar rasmlari ko‘rgazmasi ochildi.
Yozning ilk kunida galereya bolalar ijodiga bag‘ishlangan bayramona tadbirga mezbonlik qildi.
Ko‘rgazmada yosh ijodkorlarning do‘stlik, oila, tabiat, tinchlik va kelajak haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan rang-barang asarlari namoyish etildi.
Tadbir doirasida “Bolalar nigohidagi olam” maxsus pochta markalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Loyiha “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Shuningdek, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan esdalik markasini maxsus muhr bilan so‘ndirish marosimi o‘tkazildi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tadbir bolalar ijodini qo‘llab-quvvatlash, ularning badiiy dunyoqarashini rivojlantirish va san’at orqali ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan.
“Bolalar chizgan har bir rasmda ezgulik, orzu va beg‘ubor nigoh mujassam. Ana shu nigoh kelajakka ishonch va umid bag‘ishlaydi”

1/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

2/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

3/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

4/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

5/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

6/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

7/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

8/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

9/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

10/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

11/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

12/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

13/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

14/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

15/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

16/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi

17/17
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Bolalik sayyorasi” ko‘rgazmasi