https://oz.sputniknews.uz/20260601/uzbekistan-aeroportlar-qutqaruvchi-belarus-tayyorgarlik-58001051.html
O‘zbekiston aeroportlari qutqaruvchilari Belarusda tayyorgarlikdan o‘tdi
O‘zbekiston aeroportlari qutqaruvchilari Belarusda tayyorgarlikdan o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aeroportlarining yong‘in-qutqaruv xizmati mutaxassislari Belarusda maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. Ular aeroportlarda yong‘in xavfsizligi va avariya-qutqaruv ishlari bo‘yicha malaka oshirdi.
2026-06-01T14:33+0500
2026-06-01T14:33+0500
2026-06-01T14:33+0500
hamkorlik
belarus
aeroport
uzbekistan airports
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/01/58000764_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7f98aa810b3f80b9bf358917fb181696.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston aeroportlarining yong‘in-qutqaruv xizmati mutaxassislari Belarusda maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. Bu haqda "Uzbekistan Airpots" AJ matbuot xizmati xabar berdi.O‘quv mashg‘ulotlari Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universiteti qoshidagi xalqaro o‘quv markazida tashkil etildi.Mashg‘ulotlar Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan sertifikatlangan o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi.Kurs yakunida ishtirokchilar attestatsiyadan o‘tib, xalqaro namunadagi sertifikatlarga ega bo‘ldi.Shuningdek, "Uzbekistan Airports" vakillari Minsk milliy aeroportining avariya-qutqaruv xizmati faoliyati bilan tanishdi. Ular u yerda parvozlar xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy tajribani o‘rgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260406/ozaeronavigatsiya-avion-aviakompaniya-56738653.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/01/58000764_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d64bff4507726eb7c7843592bf66166b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hamkorlik, belarus, aeroport, uzbekistan airports, jamiyat, o‘zbekiston
hamkorlik, belarus, aeroport, uzbekistan airports, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekiston aeroportlari qutqaruvchilari Belarusda tayyorgarlikdan o‘tdi
O‘zbekiston aeroportlarining yong‘in-qutqaruv xizmati mutaxassislari Belarusda parvozlar va aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha malaka oshirdi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston aeroportlarining yong‘in-qutqaruv xizmati mutaxassislari Belarusda maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. Bu haqda "Uzbekistan Airpots" AJ matbuot xizmati
xabar berdi.
O‘quv mashg‘ulotlari Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universiteti qoshidagi xalqaro o‘quv markazida tashkil etildi.
Mutaxassislar parvozlar va aeroport obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.
Mashg‘ulotlar Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan sertifikatlangan o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi.
Kurs yakunida ishtirokchilar attestatsiyadan o‘tib, xalqaro namunadagi sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, "Uzbekistan Airports" vakillari Minsk milliy aeroportining avariya-qutqaruv xizmati faoliyati bilan tanishdi. Ular u yerda parvozlar xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy tajribani o‘rgandi.