Husanov, Shomurodov, Fayzullayev: O‘zbekistonning JCh tarkibi e’lon qilindi

© telegram sputnikuzbekistanGovorit o finalnoy zayavke sbornoy na chempionat mira yeshe rano – Fabio Kannavaro
Govorit o finalnoy zayavke sbornoy na chempionat mira yeshe rano – Fabio Kannavaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Obuna bo‘lish
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2026 uchun 30 kishilik ro‘yxati e’lon qilindi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2026 oldidan AQShga yo‘l oladigan 30 kishilik kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 26-may kuni AQShga jo‘nab ketadi. Keyinchalik yakuniy qaydnoma uchun ushbu ro‘yxatdan 4 nafar futbolchi chiqariladi.
Tarkibdan Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov va Igor Sergeyev kabi terma jamoa yetakchilari ham o‘rin olgan.
Darvozabonlar:
• O‘tkir Yusupov — “Navbahor”;
• Botirali Ergashev — “Neftchi”;
• Abduvohid Ne’matov — “Nasaf”.
Himoyachilar:
• Avazbek O‘lmasaliyev — OKMK;
• Jahongir O‘rozov — “Dinamo”;
• Rustam Ashurmatov — “Istiqlol”, Eron;
• Umar Eshmurodov — “Nasaf”;
• Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”, Angliya;
• Abdulla Abdullayev — “Dibba”, BAA;
• Farruh Sayfiyev — “Neftchi”;
• Hojiakbar Alijonov — “Paxtakor”;
• Sherzod Nasrullayev — “Paxtakor”;
• Behruz Karimov — “Surxon”.
Yarim himoyachilar:
• Sherzod Esanov — “Buxoro”;
• Odil Hamrobekov — “Traktor”, Eron;
• Akmal Mozgovoy — “Paxtakor”;
• Otabek Shukurov — “Baniyas”, BAA;
• Jamshid Iskanderov — “Neftchi”;
• Jasur Jaloliddinov — “So‘g‘diyona”;
• Aziz G‘aniyev — “Al Batayeh”, BAA;
• Umarali Rahmonaliyev — “Sabah”, Ozarbayjon.
Hujumchilar:
• Abbos Fayzullayev — “Istanbul Bashakshehir”, Turkiya;
• Jaloliddin Masharipov — “Istiqlol”, Eron;
• Doston Hamdamov — “Paxtakor”;
• Oston O‘runov — “Persepolis”, Eron;
• Ruslan Jiyanov — “Navbahor”;
• Aziz Amonov — “Dinamo”;
• Sherzod Temirov — “Erbil”, Iroq;
• Igor Sergeyev — “Persepolis”, Eron;
• Eldor Shomurodov — “Istanbul Bashakshehir”, Turkiya.
Terma jamoa tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, 26-may kuni AQShga jo‘nab ketadi. 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida Kanadaga qarshi, 8-iyun kuni esa Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. 10-iyunda jamoa Jahon chempionati davomidagi asosiy qarorgohi — Atlanta shahriga joylashadi.
Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoani JChga kuzatish marosimida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoani JChga kuzatish marosimida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0