Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoani JChga kuzatish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoani JChga kuzatish marosimida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident g‘alaba onlarida ham, qiyin damlarda ham futbolchilar bilan birga bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan yurtdoshlarimizga rahmat aytdi. 23.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi. “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan marosim boshida terma jamoa a’zolari maydonda saf tortdi. Prezident futbolchilar O‘zbekiston xalqiga unutilmas quvonchli kunlar taqdim etganini ta’kidlab, ularga va ota-onalari, ustoz-murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.Tadbirda shuningdek konsert dasturi namoyish etildi va milliy terma jamoaning nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Prezident g‘alaba onlarida ham, qiyin damlarda ham futbolchilar bilan birga bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan yurtdoshlarimizga rahmat aytdi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.
“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan marosim boshida terma jamoa a’zolari maydonda saf tortdi.
Prezident futbolchilar O‘zbekiston xalqiga unutilmas quvonchli kunlar taqdim etganini ta’kidlab, ularga va ota-onalari, ustoz-murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
– Shuni bilingki, biz doim sizlar bilanmiz. Haqiqiy o‘zbekona jasorat, matonat va irodangiz bilan chiroyli va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, barchamizni xursand qilasiz deb ishonamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda shuningdek konsert dasturi namoyish etildi va milliy terma jamoaning nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.