Yana sel xavfi: O‘zbekistonning 9 ta viloyatida ehtiyotkorlikka chaqirildi

© press-slujba MChS KR
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet 26-may — 1-iyun kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet tezkor gidrometeorologik axborotida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 26-may — 1-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Sel xavfi quyidagi hududlarda saqlanib turibdi:
• Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
• Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlari;
• Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
• Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
• Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari;
• Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
• Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu esa ayrim joylarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
So‘nggi kunlarda sel xavfi mavzusi yanada dolzarblashdi. 22-may kuni Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida sel kuzatilgan.