Toshkentda yomg‘irdan keyin nega ayrim ko‘chalarni suv bosdi?

© Xokimiyat goroda Tashkenta10 maya v rezultate osadkov v Tashkente postupili obrasheniya o skoplenii vodi v 23 punktax goroda
10 maya v rezultate osadkov v Tashkente postupili obrasheniya o skoplenii vodi v 23 punktax goroda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
Obuna bo‘lish
10 may kuni kuchli yomg‘irdan keyin Toshkentning 8 ta tumanidagi 23 ta manzilda suv to‘plandi. Hokimlik holat sabablari va rejalashtirilgan ishlarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. 10 may kuni kuchli yog‘ingarchilik natijasida Toshkentning 8 ta tumanidagi 23 ta manzilda suv to‘planishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatlar Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroy, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridan kelib tushgan. Eng ko‘p holat Mirzo Ulug‘bek tumanida qayd etilgan — 6 ta manzil.
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, 10-may kuni yog‘ingarchilik miqdori 35 mm ni tashkil etgan. Yomg‘irning asosiy qismi ikki soatdan kamroq vaqt ichida yoqqan. Bu o‘rtacha oylik meyorning yarmidan ko‘prog‘iga teng.
Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi mavjud yomg‘ir suvlarini oqizish tizimi bir kecha-kunduzda 20 mm gacha yog‘ingarchilikni qabul qilishga mo‘ljallangan. Bosh rejaga ko‘ra, kelgusida tizim quvvatini 36 mm gacha oshirish ko‘zda tutilgan.
Ayrim hududlarda suv hajmi irrigatsiya tarmoqlari va quvurlarning o‘tkazuvchanlik quvvatidan oshib ketgan.
Shuningdek, suv oqizish tizimlarining chiqindilar bilan tiqilishi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar, ariq va irrigatsiya tizimlarining avtoturargoh yoki boshqa ehtiyojlar uchun to‘sib qo‘yilishi ham vaziyatni og‘irlashtirgan.
Oqibatlarni bartaraf etish uchun FVV, kommunal xizmatlar, drenaj-kollektor tizimlari va boshqa tashkilotlar jalb qilindi. Joylarda 60 dan ortiq maxsus texnika ishladi.
Hokimlikka ko‘ra, suv to‘planishi oqibatlari bir soat ichida to‘liq bartaraf etilgan.
Muammoli manzillarda irrigatsiya tizimlarini qurish, qo‘shimcha dukerlar, quvurlar, nasos agregatlari va suv qabul qilish panjaralarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Ayrim hududlarda tizimning o‘tkazuvchanlik quvvati oshiriladi.
Asosiy e’tibor yomg‘ir suvlarini chiqarish tizimini modernizatsiya qilish va kelgusida lokal suv toshishi xavfini kamaytirishga qaratiladi.
Stansiya metro Kosmonavtov (Kosmonavtlar). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
"Chorsu" metro bekatini nega suv bosdi — rasmiy izoh
Yangiliklar lentasi
0