Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Starobelsk uchun javob: Rossiya “Oreshnik” bilan Ukrainadagi nishonlarga zarba berdi

© Getty ImagesDim na meste vzriva v Kiyeve. (Arxivnoe foto)
Dim na meste vzriva v Kiyeve. (Arxivnoe foto)
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Starobelskdagi hujumdan keyin Ukrainadagi harbiy obyektlarga javob zarbasi berilganini ma’lum qildi. Kiyev esa “Oreshnik” Oq cherkov hududiga urilganini tasdiqladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy boshqaruv obyektlari, aviabazalar va mudofaa-sanoat kompleksi korxonalariga ommaviy javob zarbasi berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, zarba Ukraina tomonining Rossiya hududidagi fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban amalga oshirilgan. Zarbada “Oreshnik” ballistik raketalari, “Iskander”, “Kinjal”, “Sirkon” raketalari, shuningdek, havo, dengiz va quruqlikdan uchiriladigan qanotli raketalar hamda zarba beruvchi dronlar qo‘llangan.
Rossiya MV barcha belgilangan obyektlar zararlanganini va fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar rejalashtirilmaganini ta’kidladi.
Rossiya tomoniga ko‘ra, 24-may kuni Kiyev va Kiyev viloyatida Ukraina harbiy-sanoat majmuasi obyektlari, harbiy infratuzilma, quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondonligi, Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi va boshqa boshqaruv punktlari nishonga olingan.
"Sputnik Yaqin xorij" Telegram-kanali NASA FIRMS yong‘in o‘choqlari xaritasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Kiyev shahri va Kiyev viloyatidagi eng muhim shikastlangan nishonlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinadi:
"Artem" mudofaa zavodi sexi;
Oq cherkovdagi aerodrom;
UQK Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondonligi hududidagi binolar;
Kiyev zirhli tank zavodi sexlari;
Kiyevning Podolsk tumanidagi xavfsizlik xizmati;
Kiyevdagi kema ta’mirlash zavodidagi sexlar;
sobiq "Radialniy" kimyo zavodi;
"Analitpribor" zavodining sexlari;
Darnitsa tumani sanoat zonasi;
"Rele va avtomatika" zavodidagi sexlar;
"Lagoda" biznes-parki ("B" korpusi);
Kiyev viloyatidagi "Chayka" va "ATB" gigant logistika markazlari.
Zarba Starobelskdagi kollej va yotoqxonaga qilingan hujumdan keyin amalga oshirildi. Rossiya tomoni ushbu hujumda 21 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Inostrannie jurnalisti posetili Starobelsk i Lugansk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Halok bo‘lgan qizlar nikoh libosida dafn etiladi — ombudsman Starobelsk fojiasi haqida
Yangiliklar lentasi
0