https://oz.sputniknews.uz/20260525/mirziyoev-pakistan-terakt-qurbonlar-taziya-57853499.html
Mirziyoyev Pokistondagi terakt qurbonlari bo‘yicha ta’ziya bildirdi
Mirziyoyev Pokistondagi terakt qurbonlari bo‘yicha ta’ziya bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Pokistonning Kvetta shahrida poyezdga uyushtirilgan hujum oqibatida 23 kishi halok bo‘lgani, 47 kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbarlariga ta’ziya yo‘lladi.
2026-05-25T17:17+0500
2026-05-25T17:17+0500
2026-05-25T17:17+0500
ta’ziya
terror
hamdardlik
temir yo‘l
harbiy
shavkat mirziyoyev
pokiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/19/57853321_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_76032110d68872f4ecc2b589e66ca712.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy hamda bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, Kvettada maxsus poyezdga hujum qilingan. Pokiston xavfsizlik xizmatidagi manbaning aytishicha, portlovchi modda ortilgan avtomobil poyezdga hujum qilgan. Poyezdda 336 nafardan ortiq harbiy bo‘lgan.Hujum 24-may kuni Belujiston provinsiyasi markazi Kvettada, temir yo‘l yaqinida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida poyezd vagonlari zarar ko‘rgan, hududda favqulodda tibbiy holat e’lon qilingan.Shahboz Sharif va Asif Ali Zardoriy hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb atagan. AP ma’lumotiga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni Belujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260524/china-kon-fojia-mirziyoev-si-tszinpin-hamdardlik-57821814.html
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/19/57853321_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_4489fb4100eafc29c3478e1bdf9720cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’ziya, terror, hamdardlik, temir yo‘l, harbiy, shavkat mirziyoyev, pokiston
ta’ziya, terror, hamdardlik, temir yo‘l, harbiy, shavkat mirziyoyev, pokiston
Mirziyoyev Pokistondagi terakt qurbonlari bo‘yicha ta’ziya bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy hamda bosh vazir Shahboz Sharifga
ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, Kvettada maxsus poyezdga hujum qilingan. Pokiston xavfsizlik xizmatidagi manbaning aytishicha, portlovchi modda ortilgan avtomobil poyezdga hujum qilgan. Poyezdda 336 nafardan ortiq harbiy bo‘lgan.
Hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetgan, 47 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar Kvettadagi shifoxonaga yetkazilgan. Qutqaruv ishlari davom etayotgani sabab dastlabki ma’lumotlar o‘zgarishi mumkinligi aytilgan.
Hujum 24-may kuni Belujiston provinsiyasi markazi Kvettada, temir yo‘l yaqinida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida poyezd vagonlari zarar ko‘rgan, hududda favqulodda tibbiy holat e’lon qilingan.
Shahboz Sharif va Asif Ali Zardoriy hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb atagan. AP ma’lumotiga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni Belujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga olgan.