Namangan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

© FotoV Namangane startoval 65-y Mejdunarodniy festival svetov
V Namangane  startoval 65-y Mejdunarodniy festival svetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
Namangan viloyatida bir oy davomida 150 million tup gul ko‘chati ekilib, “jamoa bo‘lib eng ko‘p gul ekish” yo‘nalishida rekord o‘rnatildi.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Namangan viloyati “jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatdi.
Bu haqda 65-Xalqaro gullar festivalining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Tadbir chog‘ida Guinness World Records vakili Sheyda Subasi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga maxsus sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili festivalga tayyorgarlik doirasida viloyat bo‘yicha 100 million tup gul ko‘chati ekilgan edi. Bu yil esa ushbu ko‘rsatkich 150 million tupga yetkazildi.
Aynan shu natija Namanganga “jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini qayd etish imkonini berdi.
Shu tariqa, Namangan dunyodagi sanoqli shaharlar qatorida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Mazkur rekord 65-Xalqaro gullar festivali boshlangan kunda e’lon qilindi. Tashkilotchilarga ko‘ra, bu yilgi festival Namanganning gullar shahri sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
Festival svetov Tashkent Flowers Fest 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Toshkentda gullar festivali bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0