“Tashkent Flowers Fest 2026” festivali Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldi maydonida bo‘lib o‘tmoqda. 08.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 8-may — Sputnik. “Tashkent Flowers Fest 2026” gullar festivalida 2 milliondan ortiq gul va manzarali butalar bilan bezatilib, rang-barang landshaft kompozitsiyalari namoyish etilmoqda.Tadbir maydonida gul tonnellari, osma bezaklar, zamonaviy fotohududlar va yirik art-obyektlar mehmonlar e’tiborini tortmoqda. Ayniqsa, gullar bilan bezatilgan ulkan soat, rang-barang tovus haykali, mini-avtomobillar hamda samolyot kompozitsiyalari festivalning eng ko‘p tomosha qilingan maskanlariga aylandi.Festival doirasida taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert, folklor jamoalari chiqishlari va milliy o‘yinlar tashkil etildi. Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, savdo pavilonlari hamda milliy va ko‘cha taomlari zonalari mehmonlarga xizmat ko‘rsatdi.“‘Tashkent Flowers Fest 2026’ Toshkentning bahoriy qiyofasini yanada yorqin namoyon etib, poytaxtni gullar va san’at uyg‘unligidagi sayilgohga aylantirdi.”“Tashkent Flowers Fest 2026” festivalining asosiy maqsadi Toshkentning turistik va madaniy salohiyatini keng targ‘ib qilish, shaharda bahoriy kayfiyat yaratish hamda xorijiy mehmonlar uchun poytaxt jozibadorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.Festival har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritib, 9-mayga qadar davom etdi. Tadbirga kirish barcha uchun bepul bo‘ldi.
“Tashkent Flowers Fest 2026” festivali Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldi maydonida bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. “Tashkent Flowers Fest 2026” gullar festivalida 2 milliondan ortiq gul va manzarali butalar bilan bezatilib, rang-barang landshaft kompozitsiyalari namoyish etilmoqda.
Maydon markazida Yangi O‘zbekiston ramzi sifatida “Mustaqillik monumenti” ko‘rinishidagi maxsus kompozitsiya o‘rnatilgan. Milliy kutubxona binosi fasadi esa bayramona bannerlar bilan bezatildi.
Tadbir maydonida gul tonnellari, osma bezaklar, zamonaviy fotohududlar va yirik art-obyektlar mehmonlar e’tiborini tortmoqda. Ayniqsa, gullar bilan bezatilgan ulkan soat, rang-barang tovus haykali, mini-avtomobillar hamda samolyot kompozitsiyalari festivalning eng ko‘p tomosha qilingan maskanlariga aylandi.
Festival doirasida taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert, folklor jamoalari chiqishlari va milliy o‘yinlar tashkil etildi. Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, savdo pavilonlari hamda milliy va ko‘cha taomlari zonalari mehmonlarga xizmat ko‘rsatdi.
“‘Tashkent Flowers Fest 2026’ Toshkentning bahoriy qiyofasini yanada yorqin namoyon etib, poytaxtni gullar va san’at uyg‘unligidagi sayilgohga aylantirdi.”
“Tashkent Flowers Fest 2026” festivalining asosiy maqsadi Toshkentning turistik va madaniy salohiyatini keng targ‘ib qilish, shaharda bahoriy kayfiyat yaratish hamda xorijiy mehmonlar uchun poytaxt jozibadorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Festival har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritib, 9-mayga qadar davom etdi. Tadbirga kirish barcha uchun bepul bo‘ldi.