Moskvada bolalar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” bayrami o‘tdi

© Posolstvo Uzbekistana v RFPosolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik "Puteshestvie v Uzbekistan"
Posolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik Puteshestvie v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchixonasi va DOBROFEI markazi hamkorligida o‘tgan tadbirda nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan 60 ga yaqin oila ishtirok etdi.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. 2026 yil 23-may kuni Moskvaning 850-yillik bog‘ida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” xayriya-madaniy bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Bayram imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy va sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratildi. Unda nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan 60 ga yaqin oila ishtirok etdi.
© Posolstvo Uzbekistana v RFPosolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik "Puteshestvie v Uzbekistan"
Posolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik Puteshestvie v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Posolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik "Puteshestvie v Uzbekistan"
Mehmonlar uchun o‘zbek milliy an’analari, san’ati, taomlari va mehmondo‘stligini namoyish etuvchi madaniy-ma’rifiy dastur tayyorlandi. “Nilufar” milliy raqs guruhi “O‘zbekiston yulduzlari” dasturi va YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Lazgi” raqsini ijro etdi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning qadimiy shaharlari, me’moriy obidalari, milliy hunarmandchiligi va turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ham tashkil qilindi. Bolalar uchun mahorat darslari, ijodiy mashg‘ulotlar, animatsion shoular, interaktiv o‘yinlar va tanlovlar o‘tkazildi.
© Posolstvo Uzbekistana v RFPosolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik "Puteshestvie v Uzbekistan"
Posolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik Puteshestvie v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Posolstvo Uzbekistana v RF organizovalo v Moskve prazdnik "Puteshestvie v Uzbekistan"
Bayramning asosiy voqealaridan biri an’anaviy o‘zbek palovining tayyorlanishi bo‘ldi. Tashkilotchilarga ko‘ra, mazkur xayriya aksiyasi O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
V Moskve proshla konferensiya Saxibkiran Amir Temur – sozidatel vtorogo Renessansa Vostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
Moskvada Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0