Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Mo‘g‘uliston 367 turdagi tovar bo‘yicha bojlarni kamaytiradi

© press-slujba YeIKVremennoe torgovoe soglashenie s Mongoliyey vstupit v silu 22-iyulya
Vremennoe torgovoe soglashenie s Mongoliyey vstupit v silu 22-iyulya   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2026
Obuna bo‘lish
YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi muvaqqat savdo bitimi 22-iyuldan kuchga kiradi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi muvaqqat savdo bitimi 2026-yil 22-iyuldan kuchga kiradi. Bu haqda YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov va Mo‘g‘uliston hukumati raisining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va taraqqiyot vaziri Jadamba Enxbayar uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida Slepnev Mo‘g‘ulistonning Rossiyadagi elchisi Dulamsuren Davaaga YeOII tomonidan bitim kuchga kirishi uchun zarur tartib-taomillar yakunlangani haqidagi YeIK notasini topshirdi. Mo‘g‘uliston tomoni ham tegishli ichki jarayonlarni avvalroq tugatgan.

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda. Oldimizda ochilayotgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish muhim”, — dedi Slepnyov.

Bitim 2025-yil 27-iyunda Minskda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi doirasida imzolangan. U kuchga kirgach, har ikki tomon uchun 367 ta tovar subpozitsiyasi bo‘yicha bojxona bojlari bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.
Hujjat uch yil muddatga tuzilgan. Keyin u avtomatik ravishda yana uch yilga uzaytirilishi mumkin. Birinchi uch yillik muddat yakuniga yetgach, tomonlar savdo nomenklaturasining deyarli barcha qismi bo‘yicha tartiblarni soddalashtirish, bojlar va boshqa cheklovlarni bekor qilish masalasini qayta ko‘rib chiqadi.
Bitim ijrosini samarali ta’minlash uchun tomonlar chora-tadbirlar rejasini tayyorlagan va uni amalga oshirish boshlangan.
Zdaniya parlamenta Kazaxstana v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
Qozog‘iston Senati YeOII–Mo‘g‘uliston kelishuvini ma’qulladi: ko‘plab tovarlarga bojlar pasayadi
Yangiliklar lentasi
0