https://oz.sputniknews.uz/20260212/kazakhstan-senat-eaeu-mongolia-kelishuv-maqullanish-55661378.html
Qozog‘iston Senati YeOII–Mo‘g‘uliston kelishuvini ma’qulladi: ko‘plab tovarlarga bojlar pasayadi
Qozog‘iston Senati YeOII–Mo‘g‘uliston kelishuvini ma’qulladi: ko‘plab tovarlarga bojlar pasayadi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Senati YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo kelishuvini ratifikatsiya qildi. Bitim uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, don, sut, metall va transport vositalari bo‘yicha import bojlarini pasaytirishni nazarda tutadi.
2026-02-12T18:31+0500
2026-02-12T18:31+0500
2026-02-12T18:31+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
savdo
bitim
qozog‘iston
mo‘g‘uliston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1e/31830160_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_f4da52a4b044032847d0b0ee8e6517d1.jpg
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Qozog‘iston Senati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Senati apparati rahbari Maksim Spotkay ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, senatorlar tomonidan ma’qullangan hujjat savdoni liberallashtirish hamda o‘zaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun huquqiy asos yaratadi.Maksim Spotkayning so‘zlariga ko‘ra:Shuningdek, bitim qoidalari Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga mos kelishi va barqaror savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgani qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260210/eaeu-mongolia-savdo-kelishuv-imtiyozlar-55602906.html
qozog‘iston
mo‘g‘uliston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1e/31830160_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_2eb843067e7fb3411de15f7206ab190a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston senati, yeoii, mo‘g‘uliston, vaqtinchalik savdo bitimi, ratifikatsiya, import bojlari, uch yillik kelishuv, texnik to‘siqlar, elektron savdo, sanitariya va fitosanitariya choralari, jahon savdo tashkiloti
qozog‘iston senati, yeoii, mo‘g‘uliston, vaqtinchalik savdo bitimi, ratifikatsiya, import bojlari, uch yillik kelishuv, texnik to‘siqlar, elektron savdo, sanitariya va fitosanitariya choralari, jahon savdo tashkiloti
Qozog‘iston Senati YeOII–Mo‘g‘uliston kelishuvini ma’qulladi: ko‘plab tovarlarga bojlar pasayadi
Qozog‘iston Senati YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi uch yillik vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qildi. Hujjat import bojlarini pasaytirishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Qozog‘iston Senati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Senati apparati rahbari Maksim Spotkay
ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, senatorlar tomonidan ma’qullangan hujjat savdoni liberallashtirish hamda o‘zaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish uchun huquqiy asos yaratadi.
Maksim Spotkayning so‘zlariga ko‘ra:
kelishuv uzaytirish imkoniyati bilan uch yil muddatga tuzilgan;
don, parranda go‘shti, sut mahsulotlari, yog‘lar, qandolatchilik mahsulotlari, metallurgiya va kimyo mahsulotlari, transport vositalari kabi keng turdagi tovarlar bo‘yicha import bojlarini pasaytirish yoki nolga tenglashtirish nazarda tutilgan;
hamkorlik bojxona tartiblari, elektron savdo, texnik tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralarini qamrab oladi.
Shuningdek, bitim qoidalari Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga mos kelishi va barqaror savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgani qayd etildi.