O‘zbekiston yordamida Mozori-Sharifda yangi quruq port ishga tushdi
O‘zbekiston yordamida Mozori-Sharifda yangi quruq port ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
"Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda. 23.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida 21-may kuni Mozori-Sharif shahrida yangi quruq portining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari”. Tadbir doirasida foydalanishga topshirilgan 5—Portga birinchi poyezd tarkibi qabul qilindi va yuk tushirish ishlariga rasman start berildi. Ushbu voqea portning amaliy faoliyati boshlanganini anglatib, kelgusida yuk tashish hajmini yanada oshirish uchun muhim zamin yaratdi.Tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari Z. G. Narzullayev Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini Mulla Abdulg‘ani Barodar bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda "Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yanada oshirish muhokama qilindi.Naibobod stansiyasi hududida qo‘shimcha 1650 metrlik shahobcha yo‘li qurish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha yuk vagonlarini qayta ishlash hajmini oshirish, vagonlarning turib qolish vaqtini qisqartirish va temir yo‘l infratuzilmasining samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Sogdiana Trans” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida "Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda.
"Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida 21-may kuni Mozori-Sharif shahrida yangi quruq portining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari”.
"Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasida qurilish va tiklash ishlari yakunlanini va Mozori-Sharif 5-sonli portining ochilishiga bag‘ilshlangan marosimda O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiy vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida foydalanishga topshirilgan 5—Portga birinchi poyezd tarkibi qabul qilindi va yuk tushirish ishlariga rasman start berildi. Ushbu voqea portning amaliy faoliyati boshlanganini anglatib, kelgusida yuk tashish hajmini yanada oshirish uchun muhim zamin yaratdi.
Tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari Z. G. Narzullayev Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini Mulla Abdulg‘ani Barodar bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda "Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yanada oshirish muhokama qilindi.
Naibobod stansiyasi hududida qo‘shimcha 1650 metrlik shahobcha yo‘li qurish loyihasi muhokama qilindi. Loyiha yuk vagonlarini qayta ishlash hajmini oshirish, vagonlarning turib qolish vaqtini qisqartirish va temir yo‘l infratuzilmasining samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini Mulla Abdulg‘ani Barodar mazkur tashabbuslarni yuqori baholab, Jamoat ishlari vazirligi mutasaddilariga O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda texnik va qurilish ishlarini tezkor tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Sogdiana Trans” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida "Hayraton-Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining muhim drayverlaridan biriga aylanib bormoqda.
Quruq port - bu mamlakat hududi ichkarisida joylashgan va avtomobil yoki temir yo‘l orqali dengiz portiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan ichki terminal. U ichki yo‘nalishlarda dengiz yuklarini qayta yuklash uchun markaz bo‘lib xizmat qiladi. Quruq portda qayta yuklashdan tashqari, yuklarni saqlash, qabul qilish va bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlarini ham ko‘rsatishi mumkin.