https://oz.sputniknews.uz/20260522/ozbekiston-briksn-yangi-taraqqiyot-banki-57768794.html
O‘zbekiston BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shildi
O‘zbekiston BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bitimning asosiy maqsadi investitsiya faoliyati orqali ishtirokchi davlatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish.
2026-05-22T12:11+0500
2026-05-22T12:11+0500
2026-05-22T12:11+0500
siyosat
briks (brics)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36639077_297:0:3157:1609_1920x0_80_0_0_ff3d5cf0aa255b81181b2b6a7ae3e625.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.Hujjat matnida qayd etilishicha, mamlakat Yangi taraqqiyot banki to‘g‘risidagi bitimga qo‘shiladi. Dastlabki hujjat 2014-yil 15-iyulda Braziliyaning Fortaleza shahrida Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan imzolangan.Senatorlar Yangi taraqqiyot banki to‘g‘risidagi bitimning asosiy maqsadi investitsiya faoliyati orqali ishtirokchi davlatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish ekanini qayd etishgandi.Ma’lum qilinishicha, Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma va barqaror rivojlanish sohalaridagi yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.Bank davlat va xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratish, kafolatlar berish va investitsiya kiritish kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanadi.Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, shuningdek, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.BRIKS tashkiloti (inglizcha Brazil, Russia, India, China va South Africa nomlarining qisqartmasi) 2006-yilda tashkil etilgan. 2024-yilda BRIKS tarkibi Misr, Efiopiya, Eron va BAA hisobidan kengaydi, 2025-yildan esa unga Indoneziya qo‘shildiShu bilan birga, 2024-yildan BRIKS doirasida yangi — “hamkor davlatlar” maqomi joriy etildi. Unga Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Turkiya, Uganda va O‘zbekiston kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250609/mirziyoev-briks-yangi-taraqqiyot-banki-49811574.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/07/36639077_519:0:2894:1781_1920x0_80_0_0_cf33ac25124515ea32880c837bf12d0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, briks (brics), o‘zbekiston
siyosat, briks (brics), o‘zbekiston
O‘zbekiston BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shildi
Yangi taraqqiyot banki 2014-yil 15-iyul kuni Braziliyaning Fortaleza shahrida ta’sis etilgan.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni
imzoladi. Hujjat matnida qayd etilishicha, mamlakat Yangi taraqqiyot banki to‘g‘risidagi bitimga qo‘shiladi. Dastlabki hujjat 2014-yil 15-iyulda Braziliyaning Fortaleza shahrida Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan imzolangan.
Senatorlar Yangi taraqqiyot banki to‘g‘risidagi bitimning asosiy maqsadi investitsiya faoliyati orqali ishtirokchi davlatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashish ekanini qayd etishgandi.
Ma’lum qilinishicha, Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma va barqaror rivojlanish sohalaridagi yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bank davlat va xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratish, kafolatlar berish va investitsiya kiritish kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanadi.
Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, shuningdek, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.
BRIKS tashkiloti (inglizcha Brazil, Russia, India, China va South Africa nomlarining qisqartmasi) 2006-yilda tashkil etilgan. 2024-yilda BRIKS tarkibi Misr, Efiopiya, Eron va BAA hisobidan kengaydi, 2025-yildan esa unga Indoneziya qo‘shildi
Shu bilan birga, 2024-yildan BRIKS doirasida yangi — “hamkor davlatlar” maqomi joriy etildi. Unga Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Turkiya, Uganda va O‘zbekiston kiradi.