Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Novogo banka razvitiya BRIKS Dilmu Rusef
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Novogo banka razvitiya BRIKS Dilmu Rusef - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Yangi taraqqiyot banki bilan sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda bu ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘tgan yil oktabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.
Mirziyoyev irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.
Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2024
O‘zbekiston BRIKS davlatlari bilan yangi imkoniyatlardan foydalanish niyatida — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0