MDH xalqaro maydonda maqomini mustahkamlamoqda – Mishustin

© Sputnik / Aleksandr Miridonov / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit premyer-ministra Mixaila Mishustina v Turkmenistan
Rabochiy vizit premyer-ministra Mixaila Mishustina v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, “MDH plyus” formati yangi tashabbuslarni boshlashga yordam beradi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) xalqaro maydonda o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda, o‘tgan yili birlashma huzurida kuzatuvchi maqomini Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) oldi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin MDH Hukumat rahbarlari kengashining tor tarkibida ma’lum qildi.
Mishustin shu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki tashkilotning hamkorlik salohiyatidan foydalanish MDH va butun Yevroosiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun foydali bo‘lishi haqidagi gaplarini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “MDH plyus” formati yangi tashabbuslarni boshlashga yordam beradi. Logistika yo‘nalishlarini, transport sohasini raqamlashtirishni, sanoat kooperatsiyasini yanada samarali muvofiqlashtirishga imkon beradi. Bunday imkoniyatlardan to‘liq foydalanish lozim.
Joriy yil yanvar-fevralida Rossiyaning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 6,5 foizga oshdi.
“MDHda biz yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat, xavfsizlik va barqarorlik tamoyillariga tayanamiz. Barcha mamlakatlarimizga sezilarli foyda keltiradigan turli sohalarda hamkorlikning noyob formati shakllantirildi”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Mishustinning ta’kidlashicha, mavjud mustahkam integratsiya salohiyatidan foydalangan holda mamlakatlar Hamdo‘stlik xalqlarining hayot sifatini yaxshilash va milliy iqtisodiyotlarni mustahkamlash uchun sharoit yaratishda davom etmoqda.
MDH Hukumat rahbarlari kengashi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda bo‘lib o‘tmoqda.
Eksperti stran Sodrujestva obsudili voprosi monitoringa zdorovya migrantov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
MDH ekspertlari migrantlar uchun tibbiy monitoring masalasini ko‘rib chiqdi
Yangiliklar lentasi
0