https://oz.sputniknews.uz/20260521/cis-migrantlar-tibbiy-monitor-korib-chiqilish-57746686.html
MDH ekspertlari migrantlar uchun tibbiy monitoring masalasini ko‘rib chiqdi
MDH ekspertlari migrantlar uchun tibbiy monitoring masalasini ko‘rib chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
MDH ekspertlari migrantlar salomatligini monitoring qilish, xavfli yuqumli kasalliklarni erta aniqlash va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
2026-05-21T15:27+0500
2026-05-21T15:27+0500
2026-05-21T15:27+0500
sog‘liq
oiv
migrantlar
mdh
o‘zbekiston
gepatit
jsst
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57734866_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_e6a844f771ec57b677b603c01f935a03.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. MDH mamlakatlari ekspertlari migrantlar salomatligini monitoring qilish va xavfli yuqumli kasalliklarni erta aniqlash masalalarini muhokama qildi.Davra suhbati MDH shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari, shuningdek, JSST, Xalqaro migratsiya tashkiloti va Qizil Xoch qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etdi.Mutaxassislarga ko‘ra, Hamdo‘stlik mamlakatlarida sil bilan kasallangan bemorlar bo‘yicha tizimli hisob yuritiladi. Biroq migrantlar salomatligini samarali nazorat qilish uchun sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, migratsiya, chegara va statistika idoralari o‘rtasida doimiy ma’lumot almashinuvini kuchaytirish zarur.Ekspertlar migratsiya oqimlari mahalliy epidemiologik xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etdi. Shu bois bunday masalalarni davlatlararo darajada muvofiqlashtirilgan holda nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.Uchrashuv yakunida rezolyutsiya qabul qilindi. Masala MDH Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250801/oivga-test-50999612.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57734866_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_374ba0d612b7ea8edc2dd62f880e567e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sog‘liq, oiv, migrantlar, mdh, o‘zbekiston, gepatit, jsst, migratsiya
sog‘liq, oiv, migrantlar, mdh, o‘zbekiston, gepatit, jsst, migratsiya
MDH ekspertlari migrantlar uchun tibbiy monitoring masalasini ko‘rib chiqdi
MDH mamlakatlari ekspertlari migrantlar orasida sil, OIV va gepatit kabi kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy monitoringni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. MDH mamlakatlari ekspertlari migrantlar salomatligini monitoring qilish va xavfli yuqumli kasalliklarni erta aniqlash masalalarini
muhokama qildi.
Davra suhbati MDH shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari, shuningdek, JSST, Xalqaro migratsiya tashkiloti va Qizil Xoch qo‘mitasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, migrantlar tibbiy xizmatlardan foydalanishda ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ular uchun profilaktika, erta diagnostika va sil, OIV infeksiyasi hamda gepatit kabi kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish muhim.
Mutaxassislarga ko‘ra, Hamdo‘stlik mamlakatlarida sil bilan kasallangan bemorlar bo‘yicha tizimli hisob yuritiladi.
Biroq migrantlar salomatligini samarali nazorat qilish uchun sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, migratsiya, chegara va statistika idoralari o‘rtasida doimiy ma’lumot almashinuvini kuchaytirish zarur.
Ekspertlar migratsiya oqimlari mahalliy epidemiologik xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etdi. Shu bois bunday masalalarni davlatlararo darajada muvofiqlashtirilgan holda nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida rezolyutsiya qabul qilindi. Masala MDH Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.