Deputatlar va senatorlar Jizzaxdagi AES qurilishi bilan shaxsan tanishishadi

© Sputnik / Baxrom XatamovMaket budushey atomnoy elektrostansii (AES)
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatidagi maydonda tayyorgarlik va beton quyish ishlari boshlangan.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Yaqin kunlarda Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlaridan iborat ishchi guruhlar Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilish maydoniga borib, ishlarning borishi bilan shaxsan tanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zatom” agentligining hisobotini tinglash chog‘ida ma’lum qilindi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, loyiha xalqaro standartlar va XAEA talablariga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida hozirda quyidagi asosiy ishlar amalga oshirilmoqda:
muhandislik-qidiruv va geologik tadqiqotlarning asosiy bosqichlari yakunlandi;
Jizzax viloyatidagi maydonda tayyorgarlik va beton quyish ishlari boshlandi;
loyiha hujjatlari va meyoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlik faol rivojlantirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, AES qurilishi doirasida atrof-muhitga ta’sirni baholash xalqaro amaliyotga qat’iy muvofiq tarzda o‘tkazildi, jamoatchilik eshituvlari tashkil etildi. Barcha ishlar zamonaviy passiv xavfsizlik texnologiyalari va ko‘p bosqichli himoya tizimini qo‘llagan holda olib borilayotgani yadroviy hamda ekologik xavfsizlikning eng yuqori darajasini ta’minlaydi.

Deputatlar taqdim etilgan axborotni ijobiy baholab, loyihaning shaffofligini yuqori qayd etishdi.
Esltamiz, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Rosatom” bilan birga RITM-200N reaktoriga ega kichik quvvatli AES energiya blokini qurish boshlangan.
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
O‘zbekistondagi AES qanday bo‘ladi?
Yangiliklar lentasi
0