https://oz.sputniknews.uz/20260521/uzbekistan-yuridik-anjuman-ishtirok-57748713.html
O‘zbekiston vakili xalqaro yuridik anjumanda ishtirok etdi
O‘zbekiston vakili xalqaro yuridik anjumanda ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda “Konstitutsiyaviy nazorat va zamonamizning global tahdidlari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Akmal Saidov O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar haqida ma’lumot berdi.
2026-05-21T16:33+0500
2026-05-21T16:33+0500
2026-05-21T16:33+0500
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi
sankt-peterburg
rossiya
konstitutsiyaviy sud
anjuman
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57748308_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a140674126bcf27089ebfcdafa7614d2.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro yuridik anjumanda ishtirok etdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.20 may kuni Rossiya Konstitutsiyaviy sudi tashabbusi bilan “Konstitutsiyaviy nazorat va zamonamizning global tahdidlari” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.Tadbirda turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy adliya organlari, parlament tuzilmalari, ilmiy-ekspert hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Ishtirokchilar geosiyosiy o‘zgarishlar, texnologiyalarning jadal rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi, sun’iy intellektning kengayishi va boshqa global omillar huquqiy tizimlarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini muhokama qildi.U, shuningdek, O‘zbekistonda huquqiy va ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlash, sud hokimiyati mustaqilligi hamda inson huquq va erkinliklari kafolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilik islohotlari amalga oshirilayotganini qayd etdi.Anjuman doirasida konstitutsiyaviy odil sudlovni rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260514/uzbekistan-china-inson-huquqlar-memorandum-57560622.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/15/57748308_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_453e2d8082dab8b8bea161a19e2a7be3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi, sankt-peterburg, rossiya, konstitutsiyaviy sud , anjuman, jamiyat
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi, sankt-peterburg, rossiya, konstitutsiyaviy sud , anjuman, jamiyat
O‘zbekiston vakili xalqaro yuridik anjumanda ishtirok etdi
Akmal Saidov Sankt-Peterburgdagi xalqaro anjumanda O‘zbekistonda inson huquqlari kafolatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro yuridik anjumanda ishtirok etdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
20 may kuni Rossiya Konstitutsiyaviy sudi tashabbusi bilan “Konstitutsiyaviy nazorat va zamonamizning global tahdidlari” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy adliya organlari, parlament tuzilmalari, ilmiy-ekspert hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar geosiyosiy o‘zgarishlar, texnologiyalarning jadal rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi, sun’iy intellektning kengayishi va boshqa global omillar huquqiy tizimlarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini muhokama qildi.
Akmal Saidov o‘z ma’ruzasida konstitutsiyaviy qadriyatlar zamonaviy tahdidlar sharoitida huquqiy tartibga solishning mustahkam asosi bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladi.
U, shuningdek, O‘zbekistonda huquqiy va ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlash, sud hokimiyati mustaqilligi hamda inson huquq va erkinliklari kafolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilik islohotlari amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Anjuman doirasida konstitutsiyaviy odil sudlovni rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.