https://oz.sputniknews.uz/20260514/uzbekistan-china-inson-huquqlar-memorandum-57560622.html
O‘zbekiston va Xitoy inson huquqlari sohasida memorandum imzoladi
O‘zbekiston va Xitoy inson huquqlari sohasida memorandum imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoyning inson huquqlari bo‘yicha tuzilmalari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat qo‘shma tadqiqotlar, tajriba almashinuvi, seminar va o‘quv dasturlarini nazarda tutadi.
2026-05-14T12:33+0500
2026-05-14T12:33+0500
2026-05-14T12:33+0500
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi
hamkorlik
forum
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0e/57560437_0:99:1163:753_1920x0_80_0_0_d40e6e2a1fccac9df38a16c50b9a2a28.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy inson huquqlari sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar berdi.Memorandumni Milliy markaz direktori Akmal Saidov va Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Li Xunkuy imzoladi.Hujjat inson huquqlari sohasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va o‘quv dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan.Memorandum doirasida tomonlar inson huquqlari masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar o‘tkazish, axborot va tahliliy materiallar almashish, shuningdek, qo‘shma nashrlar tayyorlashni rejalashtirmoqda.Shuningdek, xodimlar uchun o‘zaro tashriflar va amaliyotlar tashkil etish, xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari hamda o‘quv dasturlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.Milliy markaz ma’lumotiga ko‘ra, hamkorlik tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251210/milliy-markaz-undp-memorandum-54070067.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0e/57560437_13:0:1149:852_1920x0_80_0_0_ff2bc9628ab6414cca5a422eebd591ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi, hamkorlik, forum, jamiyat, o‘zbekiston, xitoy
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi, hamkorlik, forum, jamiyat, o‘zbekiston, xitoy
O‘zbekiston va Xitoy inson huquqlari sohasida memorandum imzoladi
Hujjat qo‘shma tadqiqotlar, tajriba almashinuvi va o‘quv dasturlarini nazarda tutadi
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy inson huquqlari sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandumni Milliy markaz direktori Akmal Saidov va Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Li Xunkuy imzoladi.
Tadbir Toshkentda o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yil forumi doirasida tashkil etildi.
Hujjat inson huquqlari sohasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va o‘quv dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Memorandum doirasida tomonlar inson huquqlari masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar o‘tkazish, axborot va tahliliy materiallar almashish, shuningdek, qo‘shma nashrlar tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, xodimlar uchun o‘zaro tashriflar va amaliyotlar tashkil etish, xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari hamda o‘quv dasturlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Hujjatda inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tajriba almashish va global hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Milliy markaz ma’lumotiga ko‘ra, hamkorlik tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.