Prezident maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov orden bilan taqdirlandi

© Press-slujba MChS UzbekistanaTursinxan Xudaybergenov (arxivnoe foto)
Tursinxan Xudaybergenov (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Obuna bo‘lish
Prezident maslahatchisi va senator Tursinxan Xudaybergenov davlat organlaridagi ko‘p yillik mehnati hamda Orolbo‘yi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, senator Tursinxan Xudaybergenov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Xudaybergenov davlat organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatdagi islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlari, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari uchun taqdirlandi.
Farmonda uning Vatan taraqqiyoti va aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi, xususan, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish, hudud infratuzilmasini takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash va aholi muammolarini joyida hal etish yo‘lidagi ishlari alohida qayd etilgan.
Mukofot Xudaybergenovning tavalludining 75-yilligi munosabati bilan ham berildi.
Ma’lumot uchun, Tursinxan Xudaybergenov 1951-yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan. 1974–1999 yillarda ichki ishlar tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
1999–2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i;
2001–2006 yillarda prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi;
2006–2010 yillarda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i;
2010–2016 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri;
2016 yil dekabridan prezidentning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.
2022 yildan prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2024
Prezident Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinladi
Yangiliklar lentasi
0