Prezident Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2024
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Konstitutsiyaning 92-moddasiga hamda Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiqquyidagilar O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlandi:
Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;
Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi.
Yangiliklar lentasi
0