Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Shesterovkani nazoratga oldi — Rubejnoe yo‘nalishida yo‘l ochildi

© © RIA Novosti / Yevgeniy BiyatovBoyevaya rabota rossiyskoy artillerii. Arxivnoe foto
Boyevaya rabota rossiyskoy artillerii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi “Shimol” guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Shesterovka qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Shesterovka qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, operatsiyada “Shimol” guruhi bo‘linmalari ishtirok etgan. Hujum boshlanishidan oldin Rossiya harbiylari havodagi dushman dronlarini yo‘q qilgan.
Shuningdek, zarba beruvchi dron operatorlari va artilleriya bo‘linmalari Ukraina kuchlarining o‘t ochish pozitsiyalari hamda zaxiralariga zarba bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qishloqqa kirgan harbiy xizmatchilar binolar va yerto‘lalarni "tozalash ishlar"ini olib borgan.
Idoraning ta’kidlashicha, Shesterovkaning nazoratga olinishi ushbu yo‘nalishdagi plasdarmni kengaytirish va Severskiy Donesning o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab Rubejnoe yo‘nalishida keyingi harakatlar uchun sharoit yaratadi.
Rossiyskie voyennoslujashie v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Voloxovkani nazoratga oldi — xavfsizlik zonasi kengaymoqda
Yangiliklar lentasi
0