Mag‘oki Attori masjidi — Buxoroning qadimiy timsoli — foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Buxoro tarixiy markazida, mashhur Labi Hovuz ansambli yaqinida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy masjidlardan biri — Mag‘oki Attori joylashgan. Bu noyob me’moriy yodgorlik islomdan avvalgi davr, XII asr Buxoro me’morchiligi va Buyuk ipak yo‘li tarixini o‘zida mujassam etgan.
Mag‘oki Attori masjidi Buxoroning eng qadimiy me’moriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu maskan tarixi juda qadim davrlarga borib taqaladi: islom dini tarqalishidan avval bu yerda eramizdan avval Oy ibodatxonasi joylashgan bo‘lib, milodiy IV–V asrlarda uning o‘rnida otashparastlar ibodatxonasi barpo etilgan.

"VIII asrda Markaziy Osiyoda islom dini tarqalgandan so‘ng Buxoro yangi dinning yirik markazlaridan biriga aylandi. Undan avval qadimiy ibodatxona yonida butparastlik buyumlari sotiladigan bozor joylashgan edi. Keyinchalik bu yerda ziravorlar, shifobaxsh giyohlar va xushbo‘y atirlar sotiladigan gavjum savdo mahallasi shakllandi. Aynan shu davrda qadimiy ibodatxona masjidga aylantirildi", — deydi Sputnik muxbiriga Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining katta ilmiy xodimi, san’atshunos Dilmurod Nasimov.

Tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an Narshaxi (899–959 gg.) ma’lumotlariga ko‘ra, X asrda Buxoroda yuz bergan yirik yong‘in natijasida qadimiy masjid vayron bo‘lgan. XII asr boshlarida xushbo‘y atirlar savdosi bilan shug‘ullangan attorlar eski poydevor ustida yangi masjid qurdilar. Shu tariqa “Mag‘oki Attori” nomi paydo bo‘lgan bo‘lib, u “pastlikda joylashgan attorlar masjidi” ma’nosini anglatadi.

"XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi davrida, masjid kengaytirilib, uning yuqori qismida qo‘shimcha eshik va peshtoq barpo etildi hamda qadimgi masjid yanada kengaytirildi. Shu sababli mazkur yodgorlik XII–XVI asrlar me’morchiligi namunasi sifatida baholanadi", — deydi san’atshunos Dilmurod Nasimov.

Hozirgi masjid XII asrda IX asrga mansub avvalgi masjid o‘rnida qurilgan. Asrlar davomida inshoot yer qatlamlari ostida qolib ketgani sababli, XX asr arxeologik qazishmalari vaqtida masjid qum va tuproq ostidan qayta ochib olingan. Olimlar qariyb 4,5 metr qalinlikdagi tuproq qatlamlarini tozalashga muvaffaq bo‘lgan.
Masjidning asosiy bezaklari — o‘ymakor alebastr, mayolika, nafis terrakota va sayqallangan g‘ishtlar bilan bezatilgan portallar. Geometrik naqshlar va arabiy yozuvlar XII asr Buxoro hunarmandlarining yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Bugungi kunda masjid ichida Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy gilamlari va ro‘zg‘or buyumlari kolleksiyasi joylashgan. Uning atrofida IX–XI asrlarga oid qadimiy hammom va karvonsaroy qoldiqlari ham saqlanib qolgan.
1993 yilda Mag‘oki Attori masjidi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazi tarkibiga qo‘shildi.
Mag‘oki Attori masjidi — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sayyohlar Mag‘oki Attori masjidi sari yo‘l olmoqda.

Sayyohlar Mag‘oki Attori masjidi sari yo‘l olmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
1/24

Sayyohlar Mag‘oki Attori masjidi sari yo‘l olmoqda.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidining old tomoni

Mag‘oki Attori masjidining old tomoni - Sputnik O‘zbekiston
2/24

Mag‘oki Attori masjidining old tomoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori — sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi markaz

Mag‘oki Attori — sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi markaz - Sputnik O‘zbekiston
3/24

Mag‘oki Attori — sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi markaz

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori ichidagi tarix

Mag‘oki Attori  ichidagi tarix - Sputnik O‘zbekiston
4/24

Mag‘oki Attori ichidagi tarix

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sayyoh Mag‘oki Attori masjidi fasadini suratga olmoqda

Sayyoh Mag‘oki Attori masjidi fasadini suratga olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
5/24

Sayyoh Mag‘oki Attori masjidi fasadini suratga olmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qadimiy gumbazlar nuri

Qadimiy gumbazlar nuri - Sputnik O‘zbekiston
6/24

Qadimiy gumbazlar nuri

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori naqshlari

Mag‘oki Attori naqshlari - Sputnik O‘zbekiston
7/24

Mag‘oki Attori naqshlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidining peshlavhasi

Mag‘oki Attori masjidining peshlavhasi - Sputnik O‘zbekiston
8/24

Mag‘oki Attori masjidining peshlavhasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidining qadimiy eshigi

Mag‘oki Attori masjidining qadimiy eshigi - Sputnik O‘zbekiston
9/24

Mag‘oki Attori masjidining qadimiy eshigi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori peshtoqida hanuzgacha zardushtiylikka xos unsur saqlanib qolgan

Mag‘oki Attori peshtoqida hanuzgacha zardushtiylikka xos unsur saqlanib qolgan - Sputnik O‘zbekiston
10/24

Mag‘oki Attori peshtoqida hanuzgacha zardushtiylikka xos unsur saqlanib qolgan

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qadimiy masjid nuri

Qadimiy masjid nuri - Sputnik O‘zbekiston
11/24

Qadimiy masjid nuri

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining katta ilmiy xodimi, san’atshunos Dilmurod Nasimov

Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining katta ilmiy xodimi, san’atshunos Dilmurod Nasimov - Sputnik O‘zbekiston
12/24

Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining katta ilmiy xodimi, san’atshunos Dilmurod Nasimov

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori gumbazlari ostida

Mag‘oki Attori gumbazlari ostida - Sputnik O‘zbekiston
13/24

Mag‘oki Attori gumbazlari ostida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidi — XII—XVI asrlarga oid noyob me’moriy yodgorlik

Mag‘oki Attori masjidi — XII—XVI asrlarga oid noyob me’moriy yodgorlik - Sputnik O‘zbekiston
14/24

Mag‘oki Attori masjidi — XII—XVI asrlarga oid noyob me’moriy yodgorlik

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidining tungi yoritilishi

Mag‘oki Attori masjidining tungi yoritilishi - Sputnik O‘zbekiston
15/24

Mag‘oki Attori masjidining tungi yoritilishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidi quyosh botish paytida

Mag‘oki Attori masjidi quyosh botish paytida - Sputnik O‘zbekiston
16/24

Mag‘oki Attori masjidi quyosh botish paytida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

XVI asrda Shayboniylar davrida masjid kengaytirilib, qo‘shimcha kirish eshigi va peshtoq qurildi

XVI asrda Shayboniylar davrida masjid kengaytirilib, qo‘shimcha kirish eshigi va peshtoq qurildi - Sputnik O‘zbekiston
17/24

XVI asrda Shayboniylar davrida masjid kengaytirilib, qo‘shimcha kirish eshigi va peshtoq qurildi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori — Buxorodagi eng qadimiy masjidlardan biri

Mag‘oki Attori — Buxorodagi eng qadimiy masjidlardan biri - Sputnik O‘zbekiston
18/24

Mag‘oki Attori — Buxorodagi eng qadimiy masjidlardan biri

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sayyohlar Mag‘oki Attori masjidini suratga olmoqda

Sayyohlar Mag‘oki Attori masjidini suratga olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
19/24

Sayyohlar Mag‘oki Attori masjidini suratga olmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidining qadimiy eshiklari barchaga ochiq

Mag‘oki Attori masjidining qadimiy eshiklari barchaga ochiq - Sputnik O‘zbekiston
20/24

Mag‘oki Attori masjidining qadimiy eshiklari barchaga ochiq

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Qadimiy Buxoroga eltuvchi eshik

Qadimiy Buxoroga eltuvchi eshik - Sputnik O‘zbekiston
21/24

Qadimiy Buxoroga eltuvchi eshik

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori tungi chiroqlar yog‘dusida

Mag‘oki Attori tungi chiroqlar yog‘dusida - Sputnik O‘zbekiston
22/24

Mag‘oki Attori tungi chiroqlar yog‘dusida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gumbaz ostidagi sukunat

Gumbaz ostidagi sukunat - Sputnik O‘zbekiston
23/24

Gumbaz ostidagi sukunat

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mag‘oki Attori masjidi oldiga kelayotgan sayyohlar

Mag‘oki Attori masjidi oldiga kelayotgan sayyohlar - Sputnik O‘zbekiston
24/24

Mag‘oki Attori masjidi oldiga kelayotgan sayyohlar

Yangiliklar lentasi
0