Mag‘oki Attori masjidi — Buxoroning qadimiy timsoli — foto
Mag‘oki Attori masjidi — Buxoroning qadimiy timsoli — foto
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro tarixiy markazida, mashhur Labi Hovuz ansambli yaqinida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy masjidlardan biri — Mag‘oki Attori joylashgan. Bu noyob me’moriy yodgorlik islomdan avvalgi davr, XII asr Buxoro me’morchiligi va Buyuk ipak yo‘li tarixini o‘zida mujassam etgan.
Mag‘oki Attori masjidi Buxoroning eng qadimiy me’moriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu maskan tarixi juda qadim davrlarga borib taqaladi: islom dini tarqalishidan avval bu yerda eramizdan avval Oy ibodatxonasi joylashgan bo‘lib, milodiy IV–V asrlarda uning o‘rnida otashparastlar ibodatxonasi barpo etilgan.Tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an Narshaxi (899–959 gg.) ma’lumotlariga ko‘ra, X asrda Buxoroda yuz bergan yirik yong‘in natijasida qadimiy masjid vayron bo‘lgan. XII asr boshlarida xushbo‘y atirlar savdosi bilan shug‘ullangan attorlar eski poydevor ustida yangi masjid qurdilar. Shu tariqa “Mag‘oki Attori” nomi paydo bo‘lgan bo‘lib, u “pastlikda joylashgan attorlar masjidi” ma’nosini anglatadi.Hozirgi masjid XII asrda IX asrga mansub avvalgi masjid o‘rnida qurilgan. Asrlar davomida inshoot yer qatlamlari ostida qolib ketgani sababli, XX asr arxeologik qazishmalari vaqtida masjid qum va tuproq ostidan qayta ochib olingan. Olimlar qariyb 4,5 metr qalinlikdagi tuproq qatlamlarini tozalashga muvaffaq bo‘lgan.Masjidning asosiy bezaklari — o‘ymakor alebastr, mayolika, nafis terrakota va sayqallangan g‘ishtlar bilan bezatilgan portallar. Geometrik naqshlar va arabiy yozuvlar XII asr Buxoro hunarmandlarining yuksak mahoratidan dalolat beradi.Bugungi kunda masjid ichida Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy gilamlari va ro‘zg‘or buyumlari kolleksiyasi joylashgan. Uning atrofida IX–XI asrlarga oid qadimiy hammom va karvonsaroy qoldiqlari ham saqlanib qolgan.1993 yilda Mag‘oki Attori masjidi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazi tarkibiga qo‘shildi.Mag‘oki Attori masjidi — Sputnik O‘zbekiston fototasmasida.
Buxoro tarixiy markazida, mashhur Labi Hovuz ansambli yaqinida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy masjidlardan biri — Mag‘oki Attori joylashgan. Bu noyob me’moriy yodgorlik islomdan avvalgi davr, XII asr Buxoro me’morchiligi va Buyuk ipak yo‘li tarixini o‘zida mujassam etgan.
Mag‘oki Attori masjidi Buxoroning eng qadimiy me’moriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu maskan tarixi juda qadim davrlarga borib taqaladi: islom dini tarqalishidan avval bu yerda eramizdan avval Oy ibodatxonasi joylashgan bo‘lib, milodiy IV–V asrlarda uning o‘rnida otashparastlar ibodatxonasi barpo etilgan.
"VIII asrda Markaziy Osiyoda islom dini tarqalgandan so‘ng Buxoro yangi dinning yirik markazlaridan biriga aylandi. Undan avval qadimiy ibodatxona yonida butparastlik buyumlari sotiladigan bozor joylashgan edi. Keyinchalik bu yerda ziravorlar, shifobaxsh giyohlar va xushbo‘y atirlar sotiladigan gavjum savdo mahallasi shakllandi. Aynan shu davrda qadimiy ibodatxona masjidga aylantirildi", — deydi Sputnik muxbiriga Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining katta ilmiy xodimi, san’atshunos Dilmurod Nasimov.
Tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an Narshaxi (899–959 gg.) ma’lumotlariga ko‘ra, X asrda Buxoroda yuz bergan yirik yong‘in natijasida qadimiy masjid vayron bo‘lgan. XII asr boshlarida xushbo‘y atirlar savdosi bilan shug‘ullangan attorlar eski poydevor ustida yangi masjid qurdilar. Shu tariqa “Mag‘oki Attori” nomi paydo bo‘lgan bo‘lib, u “pastlikda joylashgan attorlar masjidi” ma’nosini anglatadi.
"XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi davrida, masjid kengaytirilib, uning yuqori qismida qo‘shimcha eshik va peshtoq barpo etildi hamda qadimgi masjid yanada kengaytirildi. Shu sababli mazkur yodgorlik XII–XVI asrlar me’morchiligi namunasi sifatida baholanadi", — deydi san’atshunos Dilmurod Nasimov.
Hozirgi masjid XII asrda IX asrga mansub avvalgi masjid o‘rnida qurilgan. Asrlar davomida inshoot yer qatlamlari ostida qolib ketgani sababli, XX asr arxeologik qazishmalari vaqtida masjid qum va tuproq ostidan qayta ochib olingan. Olimlar qariyb 4,5 metr qalinlikdagi tuproq qatlamlarini tozalashga muvaffaq bo‘lgan.
Masjidning asosiy bezaklari — o‘ymakor alebastr, mayolika, nafis terrakota va sayqallangan g‘ishtlar bilan bezatilgan portallar. Geometrik naqshlar va arabiy yozuvlar XII asr Buxoro hunarmandlarining yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Bugungi kunda masjid ichida Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy gilamlari va ro‘zg‘or buyumlari kolleksiyasi joylashgan. Uning atrofida IX–XI asrlarga oid qadimiy hammom va karvonsaroy qoldiqlari ham saqlanib qolgan.
1993 yilda Mag‘oki Attori masjidi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazi tarkibiga qo‘shildi.