O‘zbekiston o‘smirlari U17 Osiyo kubogida Koreyani yengdi — navbatda Yaponiya

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana U17 obigrala Yujnuyu Koreyu v serii penalti
Sbornaya Uzbekistana U17 obigrala Yujnuyu Koreyu v serii penalti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U17 termasi Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida yengib, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi. Endi jamoa final yo‘llanmasi uchun Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi futbol bo‘yicha U17 Osiyo kubogining yarim finaliga yo‘l oldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar berdi.
Chorak finalda O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa o‘zbekistonlik futbolchilar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. AFC xabariga ko‘ra, penaltilar seriyasida darvozabon Mehrojbek Sirojiddinov hal qiluvchi seyvlardan biri bilan jamoa qahramoniga aylandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston safida Ahror Ravshanbekov dubl qayd etdi. Koreya termasi esa 88-daqiqada hisobni tenglashtirib, o‘yinni penaltilar seriyasiga olib bordi.
Yarim finalda O‘zbekiston U17 termasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi. Yaponlar chorak finalda Tojikistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. AFC ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiya U17 Osiyo kubogida beshinchi chempionlik uchun kurashmoqda.
Ikkinchi yarim finalda Xitoy va Avstraliya termalari bahs olib boradi. Avstraliya chorak finalda Vyetnamni 3:0 hisobida yengdi, Xitoy esa Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqa 5–22 may kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilmoqda. Unda 16 jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishi belgilangan.

Sbornaya Uzbekistana U-17 kvalifitsirovalas na chempionat mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2026
O‘zbekiston U-17 termasi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Yangiliklar lentasi
0