Putin va Si Szinpin uchrashuvi: muzokaralar yakunida 40 ta hujjat qabul qilinishi kutilmoqda

© POOL / Mediabankka o‘tishOfitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin
Ofitsialniy vizit prezidenta RF Vladimira Putina v Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2026
Obuna bo‘lish
Pekinda Vladimir Putin va Si Szinpin muzokara o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti ikki davlat munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga chiqqanini ta’kidladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Uchrashuv Rossiya yetakchisining 19–20 may kunlari Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.
Putin Si Szinpin bilan suhbatda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajaga chiqqanini ta’kidladi. Shuningdek, u Xitoy rahbarini kelasi yili Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qildi.
Tashrif 25-yil avval imzolangan Rossiya-Xitoy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma bilan bog‘liq ramziy sanaga to‘g‘ri kelmoqda.
Tomonlar muzokaralar yakunida qariyb 40 ta hujjatni qabul qilishi kutilmoqda. Ular orasida keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma bayonot ham bor.
Bundan tashqari, Putin va Si Szinpin ko‘p qutbli dunyo va yangi turdagi xalqaro munosabatlarni shakllantirish haqidagi deklaratsiyani qabul qilishi rejalashtirilgan.
Hujjatlar sanoat, savdo, transport, qurilish, ta’lim, kinematografiya, atom energetikasi va axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlikni qamrab oladi.
Putin Xitoy fuqarolariga yo‘llagan videomurojaatida ham Moskva va Pekin siyosat, iqtisodiyot, mudofaa va gumanitar sohalarda aloqalarni faol rivojlantirayotganini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama tovar aylanmasi 200 milliard dollardan oshgan, hisob-kitoblar esa deyarli to‘liq rubl va yuanda amalga oshirilmoqda.
Rossiya prezidenti, shuningdek, Moskva va Pekin BMT, ShHT, BRIKS va boshqa ko‘p tomonlama maydonlarda hamkorlik qilayotganini qayd etdi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy “kimgadir qarshi do‘stlashmayapti”, balki tinchlik va umumiy farovonlik yo‘lida ishlamoqda.
Muzokaralardan keyin Putin va Si Szinpin OAV uchun bayonot berishi, shuningdek, Rossiya-Xitoy ta’lim sohasidagi hamkorlik yillarining ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Prezident RF Vladimir Putin pribil v Kitay s ofitsialnim vizitom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Putin kelgusi haftada Xitoyga boradi
Yangiliklar lentasi
0