https://oz.sputniknews.uz/20260516/putin-kelgusi-haftada-xitoyga-tashrif-buyuradi-57628197.html
Putin kelgusi haftada Xitoyga boradi
Putin kelgusi haftada Xitoyga boradi
Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin taklifiga binoan Rossiya prezidenti 19-20 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi. 16.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-16T15:56+0500
2026-05-16T15:56+0500
2026-05-16T19:12+0500
rossiya
xitoy
vladimir putin
si szinpin
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43888853_0:0:2685:1510_1920x0_80_0_0_f52759c2d062abe4cf86aec31113e623.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-20 may kunlari Xitoyga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda. Vladimir Putin va Si Szinpin ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalarni, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladilar hamda asosiy xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashadilar. Davlat rahbarlari shuningdek, Rossiya va Xitoy yillarining (2026–2027) ochilish marosimida ishtirok etadilar.Muzokaralar yakunida eng yuqori darajada Qo‘shma bayonot va bir qator ikki tomonlama hukumatlararo, idoralararo va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.Tashrif dasturida shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsan bilan uchrashuv ham o‘rin olgan bo‘lib, unda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250401/rossiya-xitoy-munosabat-tahdid-van-i-48689062.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43888853_99:0:2602:1877_1920x0_80_0_0_efb0607f9133c29e21d7ade3b80251fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, xitoy, vladimir putin, si szinpin, tashrif
rossiya, xitoy, vladimir putin, si szinpin, tashrif
Putin kelgusi haftada Xitoyga boradi
15:56 16.05.2026 (yangilandi: 19:12 16.05.2026) Si Szinpin taklifiga binoan Rossiya prezidenti 19-20 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif buyuradi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-20 may kunlari Xitoyga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Rossiya rahbarining tashrifi davlatlararo munosabatlarni shakllantiruvchi asosiy hujjat bo‘lgan Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik shartnomasi imzolanganining 25-yilligiga bag‘ishlangan, deyiladi xabarda.
Vladimir Putin va Si Szinpin ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb masalalarni, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qiladilar hamda asosiy xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashadilar.
Davlat rahbarlari shuningdek, Rossiya va Xitoy yillarining (2026–2027) ochilish marosimida ishtirok etadilar.
Muzokaralar yakunida eng yuqori darajada Qo‘shma bayonot va bir qator ikki tomonlama hukumatlararo, idoralararo va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Tashrif dasturida shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsan bilan uchrashuv ham o‘rin olgan bo‘lib, unda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.